Antitanachali ishchilar Rossiyada katta maosh olishi kuzatilmoqda

YouDo tadqiqotiga ko‘ra Rossiyada antitanachalarga ega mutaxassislarga talab ortib bormoqda. Aholi orasida koronavirusga chalingan enaga, haydovchi, hamshira, farrosh va soatbay ishlaydigan ustalarni qidirish o‘tgan oyga nisbatan oshganligi kuzatilgan.

Dekabr oyida “antitanachalar”, “immunitet”, “koronavirusdan tuzalgan” kabi so‘rovlar 3 baravar ko‘paydi. Ko‘pgina mijozlar uchun, Rossiyada yollanma ishchilarda antitanachalarning mavjudligi asosiy talabga aylandi. Shuning uchun, antitanachalar mavjudligi bo‘yicha ma’lumotnomasi bor ishchilar maoshlarini bunday ma’lumotnomasi mavjud bo‘lmagan ishchilarga nisbatan 2 yoki 3 barobar ko‘proq olishlarini aytishmoqda.