O‘tgan yili Yaponiya AQSh va Buyuk Britaniyaga Xitoy hukumatining uyg‘urlarga qarshi tazyiqlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etgan edi. Bu haqda Kyodo agentligi AQSh-Yaponiya siyosiy doiralaridagi manbasiga asoslanib xabar bermoqda.
Ushbu maʼlumotlarga asoslanib, Vashington Pekinni Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati aholisiga qarshi repressiyada ayblagandi. Yaponiya hukumati “Shimoliy Koreya va Xitoy tomonidan kuchayib borayotgan tahdidlarga yaxshiroq javob berishga” umid qilmoqda va mazkur vaziyatni diqqatlik bilan kuzatmoqda.
Reutersning 2018 yilgi maʼlumotlariga ko‘ra, “Besh ko‘z” alyansi Yaponiya Xitoyning kiber-kosmik faoliyati to‘g‘risida Fransiya va Germaniya bilan maʼlumot almashgan.
Yaponiya hukumati mazkur alyansga uyg‘urlarga qarshi tazyiqlar to‘g‘risidagi navbatdagi maʼlumotlarni taqdim etgan.
Avvalroq, Kyodo agentligi Yaponiya hukumatini “Besh ko‘z” da ishtirok etadigan mamlakatlar Janubiy Koreya va Fransiya bilan “Shimoliy Koreyaning provokatsiyasi va kontrabandasiga hamda ularga qarshi kurashish yo‘llarini” muhokama qilgani to‘g‘risida xabar tarqatgan edi.
Gap shundaki, Yaponiya ham mazkur “Besh ko‘z” alyansiga aʼzo davlatlar qatoriga kirishga harakat qilmoqda.