Rossiya yangi strateglar qidirmoqda

Rossiya 2021 yilgi siyosiy hayotga alohida tayyorgarlik ko‘rmoqda. 12 yanvar kunidan boshlab mamlakatda faoliyat olib borayotgan mahoratli siyosiy strateglar va ijtimoiy-siyosiy tahlil bo‘yicha mutaxassislarni tanlab olish maqsadida tanlov eʼlon qilindi.

Mazkur tanlovni o‘tkazishga sabab qilib esa mamlakatda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar soni 100 nafardan oshmasligi hamda ularga ehtiyoj oshib borayotgani qilib ko‘rsatilgan.

Prezident maʼmuriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko “Ijtimoiy-siyosiy tahlil va ijtimoiy-siyosiy menejment bo‘yicha mutaxassislarga talab katta, biz nafaqat voqealarni tahlil qiladigan va bashorat qiladigan mutaxassislarga, balki ijtimoiy-siyosiy loyihalarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy menejerlarga ham muhtojmiz”, – deya taʼkidladi.

Tanlov ikki yo‘nalishga bo‘lingan: siyosiy ekspertlar (siyosiy tahlil va siyosiy reklama sohasidagi mutaxassislar) va siyosiy menejerlar (siyosiy yoki ijtimoiy kampaniyalarni tashkil etish qobiliyati va salohiyatiga ega bo‘lgan menejerlar).

(!)Eslatma: Rossiyada sentyabr oyida – Davlat Dumasiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

“Eng muhimi, musobaqa yanvarda boshlanganligi sababli, final may oyiga qadar bo‘lib o‘tishi va natijalar chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu shuni anglatadiki, barcha g‘oliblar mintaqamiz miqyosida ham, federal darajada ham bu yil mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan katta siyosiy kampaniyada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, – dedi Kiriyenko.

Shuningdek, tanlovning g‘oliblari, siyosiy ekspertlar va unga aloqador mutaxassisliklar sohasidagi rossiyalik olimlar va amaliyotchilar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, g‘oliblar uchun maxsus o‘quv dasturi taqdim etiladi.

Nega endi, aynan 2021 yil boshidan bunday tanlovni tashkil etish kerak bo‘lib qoldi shular to‘g‘risida ozroq fikr almashsak, yaxshi gumon: “Siyosatshunoslar tanlovi ushbu professional sohada o‘zini ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar, siyosiy texnologiyalar bozorida mutaxassis sifatida namoyish etish imkonini yaratish, yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish uchun qulay fursat “.

Real gumon: “Demokratik qarashlar turlicha mezonlarda bo‘lgan AQSH va Belarusiyadagi siyosatchilar bilan jamoatchilikning munosabatlarini kuzatdik. 2021 yilda jamoatchilik davlat rahbarilaridan yana-da ko‘prog‘ini va o‘z haq-huquqlarini to‘liq taʼminlanishi talab eta boshlaydi. Ijtimoiy o‘zgarishlar yana-da tezlashadi. Aynan siyosatchilar va davlat rahbarlari bilan jamoatchilik o‘rtasidagi jarlikni “tekislash” uchun ijtimoiy va siyosiy texnologlar, menejerlar, tahlilchilarga talab ortadi”.

Shunchaki, gumon: “Rossiyaga Mutaxassislarning yangi avlodi kerak. Hozirgi siyosiy ekspertlar tarkibi juda tor. Tanlovda g‘olib bo‘lganlar uchun shu sohadagi tajribali olimlardan taʼlim olishlari va ular uchun o‘quv kurslari tashkil etilishi belgilangan. Yangi mahoratli mutaxassislar tanlab olinadi ular kerakli yo‘nalishda qayta o‘qitiladi”.

Nima uchun yangi avlod siyosatshunoslari kerak bo‘lmoqda? Hozir jamoatchilikning axborot olish turlari ham o‘zgarib bormoqda baʼzi xollarda  ijtimoiy tarmoqlarni ham nazoratga olib bo‘lmayapti, Internet gigantlari o‘zlarining siyosatini olib bormoqda.

Hozir Rossiyaga yangi “qon”, yangi texnologiyalar, yangi ijodkorlar kerak. Nafaqat saylov vaqtlarida, balki saylovlararo davrda ham. Avvalgi tayyorangan materiallarda AQSH Milliy Xavfsizlik Kengashi isloh qilinishini va Bayden Rossiya va Markaziy Osiyo muammolari bilan shug‘ullanadigan alohida tuzilma bo‘lishini maʼlum qilib Markaziy Osiyo davlatlari bilan alohida shug‘ullanishini ochiq eʼlon qilgan davrda Rossiya o‘z pozitsiyasini berib qo‘ymaslik uchun astoydil harakat qilishi kerak bo‘ladi. Endi Davlat rahbarlarini mana bunday tartibda jamoatchilikka ko‘rsatish ketmaydi:

Rossiyadagi : siyosiy ekspertlar va siyosiy menejerlarning yangilanishi, demak, avvalgi “maktab” yo‘nalishlari tubdan o‘zgarishi Markaziy Osiyo uchun bir signal.

Bizda ham saylov kunlari yaqinlashib bormoqda balki yangi mutaxassislar tanlanar (bizni topish qiyin emas yaxshi tahlilchilar kerak bo‘lsa deymanda).