Turkiya razvedkasining Rossiya elchisi Karlovni o‘ldirish bo‘yicha uydirmasi

Nordic Monitor agentligi xabar bermoqda:“Turkiya Milliy razvedka tashkiloti 2016 yil 19 dekabrda Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlov ishi bo‘yicha Jandarmiya xodimi Oltintosh Mevlut tomonidan o‘ldirishda gumonlanuvchilarni soxtalashtirgan

Nashrning taʼkidlashicha, Turkiya razvedkasining maqsadi jinoyatni sodir etganlarni aniqlash uchun Turkiyaga tashrif buyurishi kerak bo‘lgan Rossiya delegatsiyasini chalg‘itish bo‘lgan.

«Ushbu sxema tergovni buzish va Rossiya hukumati eʼtiborini dalillardan chalg‘itish uchun ishlab chiqilgan, bu aslida Erdo‘g‘an hukumati va Al-Qoidaning turk uyasi (Rossiya Federatsiyasida faoliyati taqiqlangan tashkilot) ga ishora qilmoqda. Fitnaning fosh etilishi 2020 yil 4 sentyabrda sud majlisida bo‘lib o‘tgan, jabrlanuvchi uni razvedka xodimlari tomonidan o‘g‘irlab ketilganini va qiynoqqa solinganini aytgan», – deya qayd etadi Nordic Monitor.

Maʼlum bo‘lishicha bir necha oy qiynoqqa solingan 38 yoshli Xuseyn Kotyuche bo‘lib chiqdi.

U Anqara Ikkinchi Oliy Jinoyat sudi sudyalari hayʼati oldida so‘zlar ekan: “Men prokuror Adem Akinchiga ular meni Karlov bo‘yicha sodir etilgan qotillik ishiga sudrab borishga urinishganini aytdim, meni bunga aloqam yo‘q. Prokuror bunga javoban: “Xuseyn, men siz uchun hech narsa qila olmayman. Shu hafta Rossiyadan delegatsiya keladi, men sizni hibsga olishim kerak. Menga juda katta bosim o‘tkazilmoqda. Sudga boring va u yerda o‘z shaʼningizni himoya qilishga harakat qiling.”

Kotyuche Davlat axborot texnologiyalari institutida muhandis bo‘lib ishlagan, u yerda elektron hujjat aylanishi uchun masʼul bo‘lgan. 2017 yil 28 fevralda u Anqarada MIT xodimlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan, shundan keyin erkak yashirin qamoqxonada protsessual qoidalarni buzgan holda uch oy davomida qiynoqqa solingan, deydi Nordic Monitor agentligi.

“Men har xil qiynoqlarga duchor bo‘ldim, shu jumladan kaltaklash, uyqusizlik va kuniga 18 soat turishga majbur bo‘ldim”, deydi Kotyuche.