Rossiya va Xitoy resurslar tufayli birlashishi tahmin qilinmoqda

“Moskva va Pekin Gʻarb yoki AQSh haqida gapirganda juda oʻxshash fikrlar bildirishadi. Biroq, ularni qanday harakatlanayotganini diqqatlik bilan tahlil qilish lozim.

Masalan, iqtisodiy jihatdan ikkala mamlakat ham Gʻarbdan mustaqilligini taʼminlamoqchi, ammo ular bir jamoada oʻynay olmaydi va bunday oʻyinlarda Xitoyning ustun kelishi aniq», – dedi Yevropa Ittifoqining tashqi siyosati rahbari Xosep Borrel.

Uning fikriga koʻra, “Xitoy-Rossiya yaqinlashuvi, avvalambor, demokratik qadriyatlarni rad etish va boshqalarning ichki siyosiy ishlariga “aralashish”ga asoslangan.”

«Xitoyga neft va gaz kerak, mamlakat mazkur resurslarni katta miqdorda Rossiyadan import qiladi. Ayni paytda, bizning energetikaga oʼtishga harakat qilayotganimiz va oldimizda turgan majburiyatlarimiz tufayli, Moskva bilan munosabatlarimizdagi keskinlik ana ortib bormoqda, shuning uchun Rossiya Yevropa Ittifoqidan tashqarida oʻz eksportini diversifikatsiya qilishga intilmoqda”, deb taʼkidladi Borrell.

Rossiya esa eksportini tez va osonlik bilan diversifikatsiya qila olmaydi, chunki bu “ulkan sarmoyalarni” talab qiladi.