Qirg‘izistondagi chegara masalasi navbat Tojikiston

“Qirg‘iziston harbiylari Tojikiston bilan chegarada keng ko‘lamli mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda”, – deb xabar bermoqda internet nashri. Qirg‘iziston chegara masalasida Tojikistonga bosim o‘tkazmoqdami?

Mutaxassislar ushbu mashg‘ulotlarni Dushanbega nisbatan “bosim harakati” deb atashmoqda, va Bishkekning Tojikistonning Vorux anklavini Qirg‘iziston bilan teng maydonda almashtirish evaziga berish to‘g‘risidagi taklifiga javob bermagani tufaylidir deb hisoblamoqdalar.

Biroz avval Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida hudud almashinuvi mahalliy aholining tanqidiga uchragandi.  Ular Kampirobod suv omborining katta qismi va boshqa suv zaxiralarining Toshkent nazorati ostiga o‘tqazilganidan g‘azablangan (O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlarda ham bu almashinuvlar tanqidga uchradi. Hukumatlar balkim nimadur bilar, tanqidlarga duch kelgan bu almashinuvlardan kelajakda biror foyda ko‘zlangandur).

Shu bilan birga, Qirg‘iziston rasmiylari zudlik bilan davlat chegarasini demarkatsiya va delimitatsiya qilishni yakunlash niyatida. Shu asnoda ularni aytishicha, O‘zbekiston bilan chegara masalalari hal qilingan.

Qirg‘iz-tojik chegarasiga keladigan bo‘lsak, Vorux anklavida katta miqdordagi tuz konlari mavjud. Tojikiston tomoniga 2 ta variant taklif qilingan.

 Birinchisi, Voruxni chegara bilan o‘rab olish va faqat mahalliy aholining Tojikistonga borish-kelishi uchun yo‘l ochish.

 Ikkinchisi – anklavni Laylak yoki Botken tumanlarida teng keladigan maydonga almashtirish.

Bishkek taklifining bunday qattiq, deyarli ultimatum shakli o‘z Qirg‘iziston fuqarolarini tinchlantirish va yangi prezident Japarovning reytingini ko‘tarish uchun qilinganligi aniq.

Voruxning Qirg‘izistonga ko‘chirilishi, nafaqat Tojikiston, balki Isfara daryosi havzasidan suv ishlatadigan O‘zbekistonning ko‘plab mintaqalari uchun ham halokatli oqibatlarga olib keladi. Ayni vaqtda Qirg‘izistonga tegishli bo‘lgan suv manbalari mintaqaning barcha infratuzilmasiga qo‘shimcha bosim o‘tkazuvchi sifatida “dastak” bo‘lishi mumkin.

Bishkek taklif qilgan ikkala variant ham Dushanbe uchun foydasiz.

Bunday takliflar faqat tomonlardan biri resurslar va imkoniyatlari jihatidan sezilarli ustunliklarga ega bo‘lganda amalga oshiriladi (Japarovning Moskvaga safari natija bermoqda).

Masalaning oddiy yechimi yo‘q, chunki tomonlardan biri yutqazishi aniq.