Berdimuhammedov “ko‘chalarni yoritish va reklama stendlarida elektr energiyasini tejashni” buyurdi

Berdimuhamedov mutasaddilarga kelayotgan issiq yoz davrida qishloqlarda, dalalarda, shuningdek, odamlar ko‘p bo‘lgan joylarda tegishli qoidalarga rioya qilinishini qatʼiy nazoratga olish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi. Bundan tashqari, ularga inshootlar va binolarda tegishli uskunalar, jumladan, yong‘in o‘chirish moslamalari, suv omborlari va kerakli inventarlar mavjudligini tekshirishga buyruq berildi.

Konditsionerlar va sovutish moslamalaridan foydalanish natijasida energiya isteʼmolining ko‘payishini hisobga olgan holda, prezident ko‘cha yoritgichlari va reklama stendlarida energiya tejalishi kerakligini aytdi.

Yaqinda Arkadag‘ 3 samolyotini sinovdan o‘tkazgan edi.