4 million dollarga taklif qilingan “gubernatorlik”

Chukotka gubernatori lavozimini politsiya general-mayoriga 4 million dollarga taklif qilingan.

Uch nafar nufuzli politsiya xodimlari, Qalmog‘iston IIV sobiq boshlig‘i Timofey Sasikovga murojaat qilganlar. Ular o‘zlarini FSB xodimlari deb tanishtirishgan va generalga foydali shartnoma taklif qilishgan – ularga 4 million dollar bersa, unga Chukotka avtonom okrugining butun gubernatori lavozimini berilishini aytgan.

 Sasikov uzoq o‘ylamay bitimga rozi bo‘lgan va bu haqda FSBning haqiqiy xodimlariga xabar bergan. Shundan so‘ng,  Sasikov bir million miqdorida avans o‘tkazishi kerak bo‘lgan uchrashuv Lubyankadagi FSB binosidan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda rejalashtirilgan. Shu bilan “mansab” oldi-berdisi yakuniga yetgan.

Xabarda firibgarlarni jinoiy javobgarlikka tortilgani aytilgan.

P.S. bu Rossiyadagi xolat. Avvalroq Qirg‘izistondagi deputatlik mandatlarining belgilangan “narhlari” bo‘yicha material tayyorlagan edik.