Xitoy bilan kelishuvga muvofiq, Tolibon uyg‘urlarni daf qildi

Tolibon uyg‘urlarni Afg‘oniston-Xitoy chegarasidan “nari qilgani” to‘g‘risida xabar berildi.

Mutaxassislarning fikricha, toliblarning qarori Xitoy bilan munosabatlarning yangi bosqichidan dalolat beradi, Xitoy hukumati bir necha bor uyg‘urlar bilan aloqani uzishga chaqirgan edi.

Xitoy harakat rahbariyatiga mamlakatni qayta qurish uchun sarmoya jalb qilishga vaʼda berdi. Tolibon matbuot kotibi Zabihulla Mujohid La Repubblica nashriga bergan intervyusida Pekin Afg‘onistonga sarmoya kiritishga tayyorligini maʼlum qilganini aytgan edi. “Xitoy Tolibonning mamlakatni tiklashdagi asosiy sherigiga aylanadi. Xitoyning qo‘llab-quvvatlashi Afg‘onistonni rivojlantirish uchun alohida imkoniyatdir. Pekin bizning asosiy sherigimiz bo‘lib kelgan, biz uchun asosiy va ajoyib imkoniyatdir, chunki Xitoy hukumati mamlakatimizni sarmoya kiritishga va qayta qurishga tayyor”, dedi Zabihulla Mujohid.

South China Morning Post maʼlum qilishicha, Xitoy diplomatlari qo‘llab-quvvatlash evaziga, Tolibon vakillaridan uyg‘urlar bilan barcha turdagi hamkorlikni to‘xtatishni talab qilgan.