Pandemiyaning ijtimoiy sohaga ta’siri

COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy zarbasi tengsizlikni kuchaytiradi, qashshoqlikni oshiradi va turmush darajasi past bo‘lgan va aholini qo‘llab-quvvatlash uchun imkoniyatlari cheklangan mamlakatlarda ijtimoiy va siyosiy beqarorlikka olib kelishi mumkin.

“Koronavirus dunyo mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikni ochib berdi va yaqin kelajakda uni kuchaytirishi mumkin”deb yozadi Yevropadagi Bruegel tadqiqot markazining tadqiqotchisi, iqtisodchi Enriko Bergamini.

Daromad darajasiga, turmush sharoitiga, kasbiga qarab, odamlar jamiyatda pandemiya bilan birga iqtisodiy shokni turli xil his qilishadi. Bu esa o‘z ornida jamiyatdagi qutblanishni yana-da kuchaytirishi mumkin.

Ish hamma uchun emas

Farq allaqachon dunyo aholisining deyarli yarimi o‘z-o‘zini yakkalash rejimiga o‘tganidan beri sezilmoqda. Тҳе Нев Ёрк Тимес amerikalik tadbirkorga iqtibos keltirib bu “oq yoqali karantin”, deb yozadi.

Amerikaliklarning aksariyati uchun uydan ishlash deyarli imkonsiz: 2017–2018 yillardagi so‘rov natijalariga ko‘ra, atigi 28% amerikaliklar uydan ishlash qobiliyatiga ega ekkanliklarini aytishgan, bular moliya sektorining ikki yoki undan ko‘p vakillari, biznes maslahatchilar va axborot sohasida ishlaydigan xodimlar.

Hordiq chiqarish yoki qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda masofadan turib ishlash deyarli imkonsiz. Karantin vaqtida masofadan turib ishlash imkoniyati daromad darajasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u kamayganligi ortidan kamayib boradi.

Britaniyadagi “Resolution Foundation” tahlil markazining maʼlumotlariga ko‘ra, eng kam maosh oladigan odamlar orasida atigi 10 foizi uydan ishlashga o‘tishi mumkin.

Masofalanish dilemmasi

Karantin davrida uydan ishlashga qodir bo‘lmaganlar butun dunyodagi hukumatlar bilan bir xil muammoga duch kelishadi: iqtisodiy faoliyat va daromadlarni saqlab qolish – yoki sog‘liq.

Aslida ko‘pgina ishchilar hech qanday tanlovga ega emaslar, chunki ularning kam daromadi ko‘p davom etadigan karantindan omon qolishga yordam beradigan moliyaviy “yostiqni” yaratishga imkon bermagan.

Sog‘liqni saqlash sohasida ishlaydigan xodimlar – hamshiralar, farmatsevtlar, dorixonalar ishchilari – ishlashni davom ettiradilar va maosh olishadi, lekin bu ularni koronavirusni yuqtirish ehtimolini ko‘paytiradi.

Ofat ko‘lami

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) maʼlumotlariga ko‘ra pandemiya taʼsirida ishsizlar sonining ko‘payishi global moliyaviy inqiroz davriga qaraganda ko‘proq bo‘ladi.

XMTning mart oyi oxirida eʼlon qilgan eng yomon ssenariysi ishsizlar sonining 25 million kishiga ko‘payishini ko‘rsatdi, yaʼni dunyodagi har yettita ishchidan bittasi ishsiz qoladi.

“Hozirgi pandemiya nafaqat sog‘liqni saqlash inqirozidir balki Xalqaro hamjamiyatning ko‘magisiz, o‘tgan 20 yil ichida yig‘ilgan barcha yutuqlarni va butun avlodni yo‘qotish xavfiga duch kelamiz” – deydi Ahim Shteyner, BMTTD maʼmuri.

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari Ester Duflo va Abhijit Banerji rasmiylarni karantin davrida ijtimoiy yordam miqdorini oshirishga chaqirmoqda: “Bu siz inqiroz kuchayib, iqtisodiy inqirozga aylanadi va bunday vaziyatlarda odamlar buyruqlarga bo‘ysunmaslikdan boshqa chorasi qolmaydi”