Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni baholash bo‘yicha uchta ssenariy

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni baholash bo‘yicha uchta ssenariy eʼlon qilindi.

I ssenariy (pessimistik) bo‘yicha 2021 yil aprel-iyun oylarida ro‘yxatdan o‘tgan holatlar soni taxminan 370 ming kishini tashkil qiladi va 190 ming kishi kasalxonaga yotqizishga muhtoj bo‘ladi.

II ssenariyga (realistik) ko‘ra, 2021 yil aprel-iyun oylarida ro‘yxatga olingan holatlarning prognozli soni taxminan 250 ming kishini tashkil etadi, 127 ming kishi kasalxonaga yotqizilishi mumkin.

III ssenariyga (optimistik) ko‘ra, 2021 yil aprel-iyun oylarida ro‘yxatga olingan holatlar soni 140 ming kishini tashkil qiladi, 71 ming kishi kasalxonaga yotqizishga muhtoj bo‘lishi mumkin.

P.S. bizda ham turli ssenariylar tahliliy tayyorlanib eʼlon qilinadimi?