Mahalliylashtirish va import o‘rnini bosish eng katta yolg‘onlardan birimi?

Iqtisodchi Otabek Bakirov: O‘tgan davrdan qolgan va tovoni haddan tashqari qimmatga tushayotgan bu Yolg‘ondan nafaqat voz kechildi, balki keng maydon bo‘ylab rivojlantirilmoqda ham.

Mirkonomika telegram kanali: Yanvar-may oylaridagi ko‘rsatgichlarga ko‘ra dizel ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning  mos davriga nisbatan qariyb 30% ga kamaygan. Bir jihat muhimki, dizel ishlab chiqarish hajmi 2021 yilning yanvar-may oylarida ham 2020 yilning mos davri bilan taqqoslaganda qariyb 30% ga kamaygan edi. Boshqacha aytganda besh oylik hisobda qaraganda dizel ishlab chiqarish hajmi oxirgi ikki yilda taxminan 50% ga kamaygan. Ulkan umidlar bilan qurilgan zavod ishga tushganligi esa dizel ishlab chiqarish hajmida qandaydir ijobiy o‘zgarishga sabab bo‘layotganligini hozircha ko‘rayotganimiz yo‘q. Zavod ishga tushayotgan vaqtda yiliga 724 ming tonna dizel ishlab chiqarishi hamda, buning natijasida mamlakatimiz  dizel importiga qaramlikdan qutulishi kutilayotgan edi. Lekin negadir dizel ishlab chiqarish hajmi oshayotgani yo‘q balki jadal suratlar bilan kamayib bormoqda.

“Bir kilo paxtaning puli bir litr dizelga ham yetmayapti”

Kommers.uz ‘ning yozishicha, Uzbekistan GTL tovar-xom ashyo birjasiga dizel mahsulotini chiqarmayapti. 19 iyul kuni Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ham birja savdolariga dizel chiqarmagan.

Nashr dizel yoqilg‘isi oshganidan norozi fermerlar bilan muloqotda bo‘lgan. Ayrim iqtiboslar:

“Erta bahorda 8-8,5 ming so‘mdan olganmiz. Hozirgi kunga kelib, qo‘lda sotiladigan dizel 13 ming so‘m, eng arzon, sifatsiz va yaroqsiz dizel 12 ming so‘m, ‘zapravka‘larda esa mahsulot narxi 14-15 ming so‘mni tashkil etmoqda. Bu narx biz fermerlarning sharoitiga umuman to‘g‘ri kelmaydi”.

“Ushbu muammolar Prezidentimizga yetib borsa, natija albatta ko‘zga ko‘rinadi. Lekin davlat rahbari bexabar bo‘lsa, foydasi yo‘q. Barcha masʼul rahbarlar narx-navoni bilib turibdi”.

“Biz paxta ekilganida dalaga 8-10 marta ishlov beramiz. Narxlar baland bo‘lgani uchun bu ham qisqartirib tashlandi — 5 marta ishlov berishga o‘tdik”.

“Biz hamma mahsulotni birja narxida sotib olamiz. Lekin klasterlar paxtamizni birja narxida olmaydi, o‘zlari narx-navo qo‘yib, bizga o‘zimiz yetishtirgan mahsulotga erkin narx belgilashimizga imkon bermaydi. Paxtamizni birja narxiga o‘tkazish kerak, shunda adolatdan bo‘ladi.

Misol uchun, shunda birjadan dizel olsak ham qiynalmaymiz. Ilgari bir kilogramm paxtaning puliga ikki litr benzin olardik. Hozir esa bir kilo paxtaning puli bir litr dizelga ham yetmayapti”.

Arzon dizel va aviakerosinimiz bo‘ladi, degan yolg‘on vaʼda shiorlar bilan maʼqullatib olingan, tariximizda eng qimmatga tushgan zavod “UZBEKISTAN GTL” dizel yoqilg‘isining narxlari oshishda davom etmoqda.