Instagram reklama beruvchilar uchun yangi qoidani qonuniylashtirmoqda

Buyuk Britaniyaning Raqobat va bozorlar boshqarmasi tomonidan Ijtimoiy tarmoqlar ichidagi reklamalarni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng reklama berish bo‘yicha qoidalar qonuniylashtiriladigan bo‘ldi.

Endi foydalanuvchi nomi ostida paydo bo‘lgan va reklama yozilgan “Pullik sheriklik” yorlig‘i butun dunyo foydalanuvchilarining lentalarida paydo bo‘ladi.

Instagram orqali xabar yuborilishidan avval bloggerdan mahsulotni reklama qilishdan manfaatdor ekanligi to‘g‘risidagi munsobatini bildirish talab etiladi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, mazkur jarayon nafaqat Buyuk Britaniyada, balki butun dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlarni yangi paydo bo‘layotgan, taʼsirchan marketing makonini professionallashtirishga qaratilgan yana bir qadam sifatida olqishlanmoqda.

Reklama beruvchining munosabatlarini ko‘rsatish uchun foydalanuvchi nomining ostida paydo bo‘lgan Instagramning pullik sheriklik yorlig‘i vositasi butun dunyodagi barcha foydalanuvchilarga tarqatiladi.

Reklama beruvchilar uchun Instagram o‘z mahsulotlarini foydalanuvchilar tomonidan qanday targ‘ib qilinishini tushunishga yordam beradigan vosita yaratadi va ruxsat etilmagan yoki yorliqsiz postlarni olib tashlashni talab qiladi.

Instagram barcha o‘zgarishlarni (ushbu hujjatda batafsil) 2021 yil iyungacha amalga oshirishi rejalashtirilgan. Qolaversa, bu jarayon to‘liq joriy etilgunga qadar har chorakda o‘z monitoring natijalarini tahliliy hisobotlar ko‘rinishida taqdim etib boriladi.