Lukashenko “amerikaliklar”ni Belorusiya, Qozog‘iston va Rossiyadagi saylovlarga aralashganlikda ayblamoqda

Aleksandr Lukashenko xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi. U Belorussiyadagi vaziyatga o‘z nuqtai nazari haqida gapirib berdi, shuningdek, boshqa mamlakatlar, shu jumladan Qozog‘iston haqida gapirdi. Belorusiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko xorijiy ommaviy axborot vositalari rahbarlari bilan uchrashdi. Lukashenko AQSh, Belorussiya, Rossiya va Qozog‘istondagi saylovlarga taʼsiri haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar “mutaxassislar odamlarning miyasiga kirib boradigan darajada rivojlangan texnologiyalarga ega” va ular mamlakatlardagi saylovlar va norozilik namoyishlariga taʼsir qilishi mumkin. “Ular (amerikaliklar) har doim va hamma joyda prezident saylovlariga aralashishgan jumladan Qozog‘istonda, Rossiyada ayniqsa Belorusiyadagi saylovlarga. Mana ular o‘zlarining ishlanmalarining natijasini olishdi”, – dedi Aleksandr Lukashenko.