“Men – donorman” hayriya qon topshirish aksiyasi

Aksiya davomida topshirilgan qon preparatlari  Onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar uchun beg‘araz beriladi hamda ular uchun qo‘shimcha yana 100 dan ortiq albumin dori vositalari ajratiladi.

Aksiya haqida ozroq to‘xtalib o‘tsak, mamlakatimizda beg‘araz donorlikni keng targ‘ib qilish, yoshlar salomatligini mustahkamlash hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini olib borish maqsadida joriy yilning 1 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shaharlaridagi Qon quyish markazlarida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Ezgulik albatta qaytadi” shiori ostidagi “Men – donorman” hayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etiladi.

Agarda sizda ham mazkur aksiyada ishtirok etish ishtiyoqi paydo bo‘lgan bo‘lsa unda marhamat hayriyada ishtirok etshingiz mumkin: 

Donorlik tartibi:

– 18 – 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar (pasport bilan),

– 1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli, gazli yaxna ichimliklar, ertalabki nonushtada tuxum, yog‘, sut isteʼmol qilmasligi,

– sariq kasalga chalinmagan, D ro‘yxatda turmasligi lozim.

Aksiyada siz ham faol ishtirok eting! Unutmang sizning bu ezgu amalingiz bir bemorning hayoti uchun muhimdir!!!

Mazkur aksiya joriy yilda ikkinchi bor o‘tkazilmoqda. 2020 yilning fevral oyida o‘tkazilgan hayriya ishlarida Yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilib  jami 3908 nafar shaxs ishtirok etgan hamda 3 kun davom etgan aksiya natijasida bemor bolalar uchun 1557 litr qon yig‘ilgan edi.

2019 yilda esa 2067 nafar ko‘ngilli yoshlar tomonidan 826,8 litr qon va 60 dona albumin dori vositalari topshirilgan.