O‘zbekistonda import qilingan benzin uchun aksiz solig‘ini oshirish taklif qilinmoqda

“O‘zbekneftegaz” AI-80, AI-91 va AI-92 toifasidagi benzin importiga aksiz solig‘ini 5% (foiz)dan20% (foiz)ga oshirishni taklif qildi. Hozirgi kunda “O‘zbekneftegaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalarida import qilingan AI-92 benzinining narxi 5000 so‘m, mahalliy AI-91 esa – 5600 so‘m.


foto: TROLL UZ / Facebook.

“gazeta.uz” tahririyatining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hujjatning haqiqiyligi bo‘yicha so‘rovini “O‘zbekneftegaz” va Energetika vazirligi tasdiqlagan.

Hujjatda aytilishicha “Import qilinadigan xom ashyo narxini pasaytirish yo‘li bilan Respublika isteʼmolchilarini arzon narxlarda neft mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida, ITSV (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan) import qilinadigan tovarlarga aksiz solig‘i nolga tushirilishi munosabati bilan ichki bozorni himoya qilish choralarini ko‘rib chiqilmoqda”.

Shu bilan birga, O‘zbekistondagi neftni qayta ishlash zavodlarining ishlab chiqarish quvvatini taʼminlash maqsadida “O‘zbekneftegaz” baʼzi bir tayyor neft mahsulotlarining importiga aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda. Kompaniya fikricha, mazkur qadam mamlakatda neft mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.

Taklif etilayotgan stavkalarga muvofiq, bitumli jinslardan olingan neft va neft mahsulotlariga aksiz solig‘ini 5% (foiz)dan 0% (foiz)ga tushirish rejalashtirilgan. Lekin, AI-80, AI-91, AI-92 benzinlariga aksiz solig‘i 5%(foiz)dan 20% (foiz)ga oshirilishi taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 15 maydan boshlab Qozog‘istondan eksport qiliniyotgan AI-92 markali benzinning “O‘zbekneftegaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalarida narxi 5000 so‘mga tushgan, mahalliy AI-91 markali benzin esa aprel oyidagi pasayishdan keyin 5600 so‘mdan sotilmoqda.