Qozog‘iston va O‘zbekiston qirg‘iz xalqiga iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatadi

Prezidentlar Sh.Mirziyoyev va Q.Toqayev telefon orqali suhbat chog‘ida bunga kelishib olishdi.

Bungacha Qirg‘iziston sherik davlatlardan yordam so‘ragan. Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri R.Qazaqbayev “Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ehtiyojlari uchun bepul asosda qirg‘iz tomonini dori vositalari va shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlashda yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni” so‘radi.

Ko‘rsatilayotgan yordam qanday tartibda va qancha mablag‘ bo‘lishi ochiqlanmadi.