Qozoq alifbosini lotin yozuviga o‘tkazish bo‘yicha harakatlar boshlandi

Unda masalaning moliyaviy tomonini ham hisobga olinishi kerakligi aytildi.

Qozog‘iston Prezidenti Toqayev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda  Madaniyat vaziri yangi lotin grafikasiga ilmiy asoslangan alfavitning loyihasini taqdim etdi.  

Ushbu komissiya ishi natijalariga ko‘ra hukumat Prezident Administratsiyasiga alifboni tasdiqlash to‘g‘risida Farmon loyihasini taqdim etishi kerak.

“Yangi alifbo yaratish oson jarayon emasligini unutmang. Yangi grafikalarni ishlab chiqishni bir kunda yoki hatto bir yilda tugatish mumkin emas. Ushbu ishdagi shoshqaloqlik butun madaniyatimizga va tarixiy shaxsiyatimizga zarar etkazishi mumkin. Muammo kirill yozuvidan lotin yozuviga o‘tishda emas, balki qozoq tilida keng ko‘lamli islohot amalga oshirilayotganida. Masalaning moliyaviy tomoni ham hisobga olinishi kerak.

Lotin alifbosini joriy etish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Ushbu grafikalar yosh avlod uchun yaratilgan. Shu bois, bu jarayon muntazam ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak», – dedi Toqaev.