Rasmiy xabar: Bel AES bir kun ishlab to‘xtadi

Belorusiya Gosatomnadzor tashkiloti dushanba kuni ochilgan atom elektr stansiyasi energiya ishlab chiqarishni to‘xtatganligini xabar qildi. Stansiya atigi bir kun ishladi, shundan so‘ng birinchi energiya blokidagi transformatorlarning portlashlari haqida maʼlum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, stansiya qurilishida ko‘plab qoidabuzarliklar va favqulodda vaziyatlar qayd etilgan. O‘rnatish vaqtida reaktor korpusi qulab tushdi. Uni almashtirish to‘g‘risidagi qaror ommaviy axborot vositalarining ko‘plab xabarlari va jamoatchilik reaksiyasidan so‘nggina qabul qilingandi. Ikkinchi korpus esa olib kelish paytida elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketgan, ammo u almashtirilmadi. Qurilish-montaj ishlari va uskunalarni o‘rnatish paytida qoidabuzarliklar, shuningdek reaktor korpusi yaqinidagi yong‘in haqida xabar berilgan. Ko‘p sonli xavfsizlik qoidalari buzilganligi qayd etildi, natijada qurilish vaqtida kamida beshta ishchi halok bo‘ldi. Bel AES uchun hujjatlarning bir qismi orqa sanalar bilan tuzilgan. Xabar berilishicha, ochilish marosimi arafasida 20 ta qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lib, ulardan baʼzilari stansiyani muddatidan oldin ochilishiga imkon berish uchun ataylab yashiringan. Eslatib o‘tamiz, bu yil yozda birinchi reaktorni ishga tushirish 2021 yilga qoldirilgan edi.

Stansiyani ishga tushirish to‘g‘risidagi qaror amaldagi prezidentni reytingini oshirish uchun qabul qilingan deb taʼkidlanmoqda. Ammo, barchasi ochilishdan so‘ng darhol buzilishlar va nosozliklar boshlangan yangi metro stansiyalarini ochilishi kabi teskari effekt berdi.

Qiziq tomoni, Belarusdagi bu AES Rossiya tomonidan qurib berilgan — Rossiya O‘zbekistonga ham xuddi shu, Belarusdagidek AES qurib bermoqchi.