Sabringiz va mehnatingiz uchun sizga tashakkur!

Tibbiyot xodimlarining hayotimiz, umuman, turmush tarzimizda tutgan o‘rni to‘g‘risida ko‘pam o‘ylab ko‘rmagan edik mana shu pandemiya davriga qadar to‘g‘rimi?

Yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlari shifokorlik unvonini olgunlaricha 6 yil (avvallari 7 yil edi) umrlarini bilim olish uchun sarflaydilar (kamida! to‘liq tuganlanishi uchun 9 yil ketadi) yana har 5 yilda malakalarini oshirish uchun alohida o‘quvlarda ishtirok etib bilimlarini oshirib boradilar. Bu narsa hammaning ham qo‘lidan kelmaydi. To‘g‘rirog‘i sabri yetmaydi!

Pandemiya davri boshlangunga qadar ularni “byudjetchilar” deya turli idoralar tomonidan faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ishlarga bemalol jalb etildi. Bular to‘g‘risida uzoq yozib o‘tirish shart emas albatta! (barcha biladi)

Eng kam oylik maosh (oliy toifali shifokor 2 mln. atrofida oddiy shifokor esa 1mln. 500 ming atrofida) bo‘lsada sal ko‘proq olish uchun shifokorlar va hamshiralar 12 soatlik navbatchilik turish uchun ko‘p harakat qilishga to‘g‘ri kelar edi.

Insoniyat uchun tushunarsiz va og‘ir dardga aylangan kasallik bilan kurashayotgan chin maʼnodagi askarlar rolini bajarayotgan tibbiyot xodimlari sizlardan minnatdormiz #rahmatshifokorlarga !