Svetlana Tixanovskaya Belorusiya hokimiyatiga “xalq ultimatumini” eʼlon qildi

Belorusiyadagi Prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenkoning sobiq raqibi Svetlana Tixanovskaya hokimiyatiga “xalq ultimatumini” eʼlon qildi. Bu haqda uning matbuot xizmatining telegram-kanalida xabar berildi.

Tixanovskaya “rejim”dan 13 kun ichida – 25 oktyabrga qadar quyidagi talablarni bajarilishini talab qildi: Lukashenko isteʼfoga chiqishi haqida eʼlon qilishi, tinch namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlik to‘xtashi, siyosiy mahbuslar ozod etilishi kerak.

Agar ushbu talablar bajarilmasa, norozilik namoyishlari yana-da ko‘payadi, – dedi Tixanovskaya.

Agar bizning talablarimiz 25 oktyabrga qadar bajarilmasa, butun mamlakat tinch yo‘l bilan Xalq Ultimatum bilan ko‘chalarga chiqadi va 26 oktyabrdan barcha korxonalarning milliy ish tashlashi boshlanadi, barcha yo‘llarni to‘siladi, davlat do‘konlarida sotuvlar qulaydi. Sizda mazkur uchta shartni bajarish uchun 13 kun bor. Bizda tayyorgarlik ko‘rish 13 kun bor va shu vaqt ichida belarusliklar tinch va qatʼiyatli noroziliklarini davom ettiradilar.

Bundan biroz avval 10 oktyabr kuni Svetlana Tixanovskaya Belorusiyada may oyida hibsga olingan eri, blogger Sergey Tixanovskiy bilan telefonda suhbatlashgandi. Bu er-xotinning 134 kun ichida birinchi suhbati bo‘ldi. Maʼlum bo‘lishicha, Tixanovskiy turmush o‘rtog‘ini “qattiqroq bo‘lishga” undagan.

Rafiqasi bilan suhbat kuni Tixanovskiy boshqa siyosiy mahbuslar bilan birgalikda KGB tergov izolyatorida Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Prezident ular bilan Konstitutsiyaga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlarni muhokama qilish uchun uchrashuv tashabbusi bilan chiqdi.

Uchrashuvdan so‘ng Svetlana Tixanovskaya “avtomat ostidagi dialog” ga ishonmasligini taʼkidladi.

Manba: Svetlana Tixanovskaya