Asqar Akayevni Bishkekka olib kelingani haqida

Bugun Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev Bishkekka olib kelingani aytilgan edi

U bir necha kundan keyin Moskvaga qaytadi.

Bu haqda siyosatchi Bekbolot Talgarbekov maʼlum qildi. Ilgari u prezident Akayevning maslahatchisi bo‘lgan, deb yozmoqda internet nashrlari.

Unga ko‘ra, sobiq prezident “Qumtor” ishi bo‘yicha tergov doirasida Bishkekka uchib kelgan. Unga “hamma narsa qonun doirasida bo‘ladi va taʼqib bo‘lmaydi” deb vaʼda berilgan. Qirg‘izistonda ayni vaqtda Akayevga qarshi jinoiy ish mavjud emas deyilmoqda.