Qorabog‘dagi to‘qnashuv. Tomonlar va boshqa o‘yinchilar nimani istamoqdalar?

Mazkur mojaro to‘g‘risida barcha OAV orqali ko‘plab fikrlar va prognozlar berildi. Qo‘yidagi materialda eʼtiboringizga haqiqatga yaqinroq tahliliy qarashlarni taqdim etamiz.

Ozarbayjon – suveren hududining ko‘p qismi o‘ttiz yildan beri Armaniston nazorati ostida bo‘lganligi va bu vaziyat bilan dunyoda hech bir davlatni ishi yo‘qligi Ozarbayjon uchun qabul qilib bo‘lmas holat hisoblanadi. Ideal vaziyat: xalqaro hamjamiyat aralashib ulgurmasidan oldin iloji boricha ko‘proq hududlarni qaytarib olish. Status-kvoning har qanday o‘zgarishi Ozarbayjon uchun foydalidir.

Armaniston – so‘nggi o‘ttiz yil davomida mavjud bo‘lgan vaziyatni saqlab qolish tarafdori.

Oddiy mantiq: qancha ko‘p vaqt o‘tsa, ushbu zonalarga egalik qilishning qonuniyligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, joylardagi faktlar Armaniston foydasiga ishlaydi.

Turkiya – Erdo‘g‘on uchun ozarbayjonliklar uchun shonli g‘alabasiga muhtoj. Armaniston-Ozarbayjon frontida Suriyadan qaytib kelgan askarlarning ishtiroki ehtimoli bor.

Eron –  Ozarbayjonning maksimal darajada zaiflashishiga va Rossiya-Eron-Armaniston o‘qining himoyasiga muhtoj.

Rossiya (aniqrog‘i Putin uchun) – Pashinyanga iloji boricha taʼsirli tushuntirish berish, ammo Qorabog‘ni to‘liq yo‘qotmaslik kerak. Pashinyanning g‘arbparast yo‘nalishi Kremlga yoqmaydi. Hozirgi vaziyat Armanistonni Rossiya qo‘l ostiga qaytarishga majbur qilmoqda. Bundan tashqari, hozirgi mojaro Belorusiya va Ukrainadagi voqealarni unutib Kavkazortiga eʼtiborni qaratmoqda. Moskva Ozarbayjonga “endi mumkin” degan aniq belgilarni berdi. Agar mojaro energiya narxini oshirsa, demak “bu shunchaki bayram”.

Shartli G‘arb –  Bir narsa kerak: Ozarbayjondan neftni uzluksiz yetkazilishi va bu energiya narxlarining ko‘tarilishiga taʼsir qilmasligi. Aynan Armanistonning iyuldagi mojaro paytida neft quvurlariga tahdidlari Ozarbayjonning hozirgi hujumiga katta xalqaro qonuniylik berdi.

Qurol sotuvchilar –  jangovar harakatlarda dronlardan va boshqa zamonaviy harbiy texnologiyalardan foydalanish samaradorligini isbotlashlari kerak.

Dunyoga? – Balandparvoz gaplar uchun uchun uzr, dunyoga bu mojaroning tezroq tugashi foydalidir. Belgilangan chegaralar bilan hal qilinmagan har qanday to‘qnashuv insoniyat tanasida ochiq yara hisoblanadi.

Qorabog‘: milliy g‘oyaga aylangan urush

Qorabog‘ mojarosining eng ayanchli tomonlaridan biri – bu shubhasiz arman va ozarbayjon xalqlarining bir-biridan nafratlanuvchi dushmanlarga aylanib qolganidir. Minglab yil bir joyda yonma-yon yashab kelgan ikki xalq nega bunday nizolashib qoldi?

Buning sabablari haqida gapirganda ushbu mojaroning mintaqadan uzoq bo‘lmagan yana ikkita mojaroga o‘xshashligini esga olish zarur. Birinchisi – geosiyosiy jihatdan Qorabog‘ Kashmir mojarosiga o‘xshash: sobiq mustamlakachi tomonidan paydo qilingan va rag‘batlantirilgan, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar doimiy destruktivlashuviga sabab bo‘lgan.

Ikkinchisi – bu Tojikistondagi fuqarolik urushi xususiyatlarini o‘zida jamlagan: Tojikistonda mojaroning ikkala tomoni bir-birini shunchalik demonizatsiya qilgan ediki, ular hatto qarshi tomonni odam sifatida ham ko‘rmay qo‘ygandi. Shu sababli ham muzokarani boshlashdagi eng qiyin ish ikkala tomonni bir joyga olib kelish bo‘lgani aytiladi.

Hozir Ozarbayjonda va Armanistonda 30 yildan buyon bir-biridan nafratlanib kelgan, bir-birini ko‘rarga ko‘zi yo‘q avlodlar shakllangan. O‘zaro tinchlikda yashashganini eslay oladigan avlod esa qarib va kamayib bormoqda.

Iyul oyida va hozir mobilizatsiya uchun chaqiriq xalqdan chiqqani va shu paytgacha eng kichik balosida ham qo‘shnisini ayblashdan tonmagan ikkala davlat o‘zlari singdirgan mafkura orqali boshlab bergan ushbu tendensiyani nazorat qilolmay qolgani buning mantiqiy davomidir.

Qorabog‘ uchun urush ikkala mamlakatning ham milliy g‘oyasiga aylanib ketgan. SSSR davrida arman natsionalizmi aynan shu g‘oya negizida rivojlangan va Qoraboqqa qo‘shib Ozarbayjonning 7 ta tumanini ham bosib olishga jurʼat qilishga olib kelgan edi. Bu g‘alaba va “tarixiy adolat tiklanishi” mafkurasi ham xalq, ham elita ongiga shu darajada singganki, hakttoki ikki yil oldin hammani hayron qoldirgan Pashinyan ham undan voz kechmaydi.

Ozarbayjonda esa xalqaro huquq o‘z tomonida bo‘lishiga qaramay elita doimiy ravishda Qorabog‘ni va 7 ta tumanini kuch bilan qaytarishini aytib kelishi oqibatida xalq istalgan vaqtda urushga otlanishga tayyor holga kelib qolgan.

Paradoks shundaki, Armaniston va Ozarbayjon MDH mamlakatlari orasida o‘zining haqiqiy, ishlaydigan milliy g‘oyasiga ega kamsonli (balki yagona) davlatlariga aylangan. Biroq bu g‘oyalarning asosi urush ekanligiga qaralsa, hozirgi davrda, bu qadar kichik mamlakatlar uchun urush muvaffaqiyatli g‘oya bo‘lolmasligini tushunish mumkin.

Bu borada albatta davlatlarning birida “nimadir bo‘lsa men shu yerdaman, qo‘rqma” deb turgan, ikkinchisining esa eng yirik qurol sotuvchisi bo‘lgan sobiq mustamlakachi, “mediator” Rossiyaning rolini ko‘rmaslik mumkin emas.

Ideal holatda muammo yechilishi uchun o‘z atrofida mojarolar halqasini maʼqul ko‘ruvchi davlat vositachiligidan butunlay voz kechib, bosh g‘oyasi o‘zi va atrofida tinchlik va farovonlik makoni bo‘lgan Yevropa Ittifoqiga yuzlanish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘lardi.

Biroq hozir ideal holat emas – Rossiyaning hozirgi hukumati qo‘yib yuborish fikridan yiroq, urush g‘oya sifatida har ikkala xalq ongidan chuqur joy olgan va eng asosiysi ayni paytda urush reallikka aylangan. Avvalgilari kabi hozirgisi ham tez tugashi ehtimoli yuqori bo‘lsa-da, ikkala xalq avvalgiday yonma-yon yashab keta olishi uchun g‘oyaviy yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari zarur bo‘ladi.

G‘arb OAVlarida tarqatilayotgan fikrlarning qisqacha anonslari esa quyidagicha:

Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi iyul voqealaridan atigi ikki oy o‘tgach, Tog‘li Qorabog‘dagi janglar qayta tiklandi. Buni qanday tushuntirish mumkin? Nega endi hozir?

Rossiya tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti (MGIMO) Xalqaro tadqiqotlar institutining etakchi ilmiy xodimi S.Markedonov fikricha:

“Buning bir nechta sabablari bor. Birinchisi, oddiy ko‘rinib turganidek, bu muzokaralar dinamikasining etishmasligi. (…) Keyingi muhim jihat shundaki, Minsk guruhiga hamraislik qilayotgan mamlakatlar, ularning Qorabog‘ aholi punktilariga eʼtiborini biroz susaytirilgani sababi.(…)

Shtatlarda asosiy eʼtibor saylovlarga qaratilgan bo‘lib, agar tashqi siyosiy vaziyat haqida gapiradigan bo’lsak, bu Bolqon va Yaqin Sharq bo‘ladi.

Fransiya – Evropaning kun tartibi va O‘rta er dengizi.

Rossiya – endi Belorusiyadagi vaziyat, G‘arb bilan qiyin munosabatlar, yangi avj olishlar, deylik, ma’lum bo‘lgan voqealar bilan bog‘liq holda ko‘rish mumkin.

“Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlaydigan Turkiya muxolifati yangilik emas, ammo bunday qo‘llab-quvvatlashning bunday ko‘lami, eʼtibor markazida turishi yangi vaziyatdir. Bu vaziyatda, ushbu ikki oy ichida biz Turkiyaning pozitsiyalarining kuchli mustahkamlanishini ko‘ramiz. Turkiya hamrais emas, lekin EXHT Minsk guruhining aʼzosi. Ammo bu Minsk guruhining Ozarbayjonni hech qanday nuanslarsiz qo‘llab-quvvatlaydigan yagona aʼzosi. Eslatib o‘taman, iyul oyida Ozarbayjon-Turkiya jangavor tayyorgarlik mashqlari bo‘lib o‘tdi. Turkiya rasmiylari tomonidan EXHT va xususan, Minsk guruhining samarasizligi to‘g‘risida ko‘plab bayonotlar qilingan. Erdo‘g‘anning, masalan, BMTning 75-Bosh assambleyasida Armanistonga nisbatansalbiy qarashlardan iborat bayonotlari bo‘lgan. Mana shu chiqishlar harakatlar, ehtimol, asosiy rol o‘ynagan omillarning kombinatsiyasidir.”