Turkmaniston aholisi Sovet tanqisligi davriga qaytmoqda

XXI asr uchun g‘ayrioddiy yangiliklar Turkmanistondan keladi: mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarining keskin tanqisligi paydo bo‘ldi. Davlat do‘konlarida uzun navbatlar paydo bo‘lgan – odamlar go‘sht, sut, sigaret sotib olish uchun “kurashmoqdalar”. Naqd pul tezda tugaydigan bankomatlarda ham navbat. Turkmanistonda nima bo‘layapti va nima uchun u Sovet Ittifoqi davridagi kabi to‘liq defitsitga qaytganga o‘xshamoqda? Deya savollar bilan  “VZGLYAD” gazetasida tahliliy material tayyorlangan, quyida eʼtiboringizga mana shu materialni qisqaroq shaklda havola etamiz.

Qorabog‘da so‘nggi shiddatli janglar davom etayotgan paytda, Kaspiy dengizining narigi tomonida, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov itga yodgorlikni tantanali ravishda ochdi. “Turkman Alabayi” deb nomlangan 15 metrli zarhalli haykalini elita uchun mo‘ljallangan yangi bino oldiga joylashtirdi. Pandemiyaga qaramay, yuzlab odamlar tadbirda ishtirok etishga majbur bo‘ldilar. Tukrmaniston Prezidenti Alabaylarni shunchalik yaxshi ko‘radiki, bu naslga bag‘ishlangan yodgorlikdan tashqari u bu it haqida kitoblar ham yozadi (shu bilan birga otlar haqida ham yozgan edi).

Ushbu ajablantiradigan mamlakatdan bunday quvonchli yangiliklar fonida butunlay boshqa yangiliklar tarqalmoqda. Oktyabr oyi boshidan beri Turkmanistonda oziq-ovqat inqirozi yana-da og‘irlashdi. Tovarlar belgilangan arzon narxlarda sotiladigan davlat do‘konlari tashqarisida ham doimiy uzun (uzluksiz) navbatlar kuzatilmoqda. Turkmanistonda turli xil assortimentlar mavjud bo‘lgan xususiy do‘konlar bor, ammo narxlar bu do‘konlarda bir necha baravar yuqori.

Turkmaniston nihoyatda yopiq mamlakat. Mahalliy mustaqil matbuot mavjud emas chet el jurnalistlarining faoliyati esa taqiqlangan. Mamlakatda yashirin holatda ishlaydigan muxbirlari bo‘lgan bir qator nashrlar faoliyati tufayligina bu davlatdan biror bir maʼlumot olish mumkin.

Shunday qilib, oktyabr oyidan boshlab bir nechta internet nashrlari Ashxaboddagi oziq-ovqat do‘konlarida navbatlar davom etayotgani haqida xabar bera boshladi. Shu oyning oxiriga kelib esa Berdimuhammedov hukumat aʼzolari bilan yig‘ilish o‘tkazdi va kelgusi bayramlar oldidan “oziq-ovqat” yetarli miqdorda taʼminlashni buyurdi. Biroq, noyabr oyida vaziyat yana-da yomonlashgan.

Ashxoddagi davlat do‘konlarida deyarli tunu kun uzluksiz navbatlarda odamlar kutishga majbur bo‘lishmoqda. Bunday uzun navbatlarni qisqartiirish uchun sotuvchilar turli hiylalar ishlatishadi baʼzan sotilayotgan mahsulotlarni tuguganini eʼlon qilib odamlar kamaygach sotishni boshlaydi.

Bugungi kunda biron bir sobiq Sovet respublikasida bunday holat mavjud emas. Hatto nisbatan qashshoq Tojikistonda ham asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining bunday tanqisligi yo‘q edi. Besh million aholisi bo‘lgan va tabiiy gazning ulkan (dunyoda to‘rtinchi) zaxiralari bilan Turkmaniston qanday qilib bunday xolatga tushib qoldi?

Davlat boshqaruvining samarasizligi

Turkmaniston sayyoradagi eng yopiq mamlakatlardan biri bo‘lib qolayotganligi sababli, u yerdagi vaziyatga har har kim o‘zi bilgancha – “biz bilganimizcha izoh beramiz” desa kerak. Iqtisodiyotning zamonaviy axborot tuzilishi sharoitida eng ko‘zga ko‘ringan hodisalarni yashirish mumkin emas, shu sababli ham tafsilotlarni bilish, albatta, yana-da xolis taxminlar va prognozlar qilishga yordam beradi.

“2017 yilda Prezident Berdimuhamedov Turkmaniston fuqarolariga gaz, suv va elektr energiyasini o‘z ichiga olgan bepul kommunal xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha o‘nlab yillik tajribadan voz kechishga qaror qildi”, dedi iqtisod fanlari doktori Stanislav Tkachenko VZGLYAD gazetasiga. “Mutaxassislar davlat byudjeti og‘ir ahvolda va davlat sektori samarasiz, degan xulosaga kelishdi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasida samarasiz ishlab chiqarishlarni moliyalashtirish uchun maqsadli kreditlar orqali katta mablag‘larni o‘zlashtirmoqda.”

Shu yilning bahoridan boshlab Turkmaniston eng muhim oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish uchun meʼyoriy tizimni joriy etishni boshlaganligi to‘g‘risida maʼlumotlar bor. So‘nggi olti oy davomida oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish meʼyorlari qariyb yarmiga kamaydi va uni uzoq vaqt navbatda turgandan keyingina sotib olishingiz mumkin. Yaʼni, bugungi kunda aholi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, arzon narxlarda davlat do‘konlarida sotib olishlari mumkin bo‘lgan oddiy sigaretlarni yetishmasligini boshdan kechirmoqda. Mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy do‘konlarda narxlar aksariyat fuqarolar uchun juda yuqori va oilalarni oziq-ovqat bilan taʼminlashga imkon bermayapti.

«2020 yil oktyabr oyi o‘rtalarida Turkmaniston Prezidenti mamlakatga oziq-ovqat importini qisqartirishda bo‘yicha erishilgan muvaffaqiyatni eʼtirof etib o‘tgan edi. Bu o‘z iqlimi va geografik joylashuvi tufayli katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan olib kirishga mahkum bo‘lgan davlat uchun nihoyatda shubhali yutuqdir. Energiya narxlarining pasayishi sababli energiya eksportidan tushadigan tushum bilan, davlat do‘konlarida o‘sib borayotgan navbatlar mamlakatdagi iqtisodiy ahvolning yomonlashuvining aniq belgisidir. Yaqin kelajakda bu salbiy ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, hattoki tashqi dunyodan Turkmaniston kabi yopiq mamlakatda ham», – deb hisoblaydi Tkachenko.

Koronavirus pandemiyasidan oldin Turkmaniston Erondan katta miqdordagi oziq-ovqat sotib olgan. Ushbu mamlakat bilan chegaralar yopilgandan so‘ng, Eron sabzavotlari va mevalari do‘kon javonlaridan g‘oyib bo‘ldi. Shuningdek, joriy yilning sakkiz oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridan Turkmanistonga kartoshka importi hajmi 34,3 ming tonnani tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,7 baravar ko‘pdir. Piyoz va sabzavotlarning boshqa baʼzi turlari importi ham oshdi.

O‘tgan asr

O‘ziga xos turkman davlat boshqaruvi modeli birinchi prezident Saparmurod Niyozov tomonidan asos solingan bo‘lib, u rasman ” Buyuk Turkmanboshi ” unvoniga sazovor bo‘ldi. Mamlakatda shaxsiyat kulti barpo etildi, hattoki Stalin davri bilan taqqoslanmaydi.

“Arkadag‘” unvonini olgan navbatdagi prezident, amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zining yuksaltirish amaliyotini davom ettirdi. U birin-ketin kitoblar yozadi, poyga mashinalarini haydash bo‘yicha mahorat darslarini namoyish etadi, xavfsizlik xizmatchilariga o‘q otishni, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishni o‘rgatadi.

Bolqon velayatiga ish safari davomida Berdimuhamedov mahalliy maʼmuriyat vakillari va agronomlarga xalq maqollarini o‘qishni boshladi. Ushbu maqollarni qishloq xo‘jaligi vakillari diqqat bilan yozib olishgan. Prinsipial ravishda, har kim har doim Arkadag‘ning so‘zlarini, xuddi dars paytida maktab o‘quvchilari kabi daftarlarga yozib qo‘yadi. Hatto vazirlar bilan uchrashuvlarda ham davlat arboblari eslatma olishga majbur. (bu ko‘rinishlar bizda ham jadallik bilan olib boriladi) Chet ellik tomoshabinlar bunday rasmlardan zavqlanishadi.   

Shaxsga sig‘inishning umumiy mafkurasi har kimga bosim o‘tkazadi, qatʼiy Sovet meʼyorlari qisman bekor qilindi, qisman ular saqlanib qoldi va mustahkamlandi. Turkmanistonda rejali iqtisodiyot elementlari ushlab qolindi va moslashtirildi. Agar ilgari barcha oziq-ovqat tanqisligi davlat tomonidan beriladigan subsidiyalar hisobidan qoplangan bo‘lsa, uglevodorod narxlarining qulashi endi rasmiylarga avvalgi amaliyotiga qaytishga imkon bermay qo‘ydi.