Xalq qabulxonalari: natijalar qanday?

(ikkinchi qism)

Barchaga maʼlumki, OAV orqali aholining muammolarni joylarda o‘rganish uchun turli masshtabda sayyor qabullar tashkil etilib kelinmoqda. Tahririyatimiz tomonidan respublikamizning har bir hududida tashkil etilayotgan mana shu tadbirlar natijalari bilan va erishilgan “natijalar” bilan birma bir tanishtirib boramiz.

Avvalgi maqolani o‘qimagan bo‘lsangiz mana bu havolada tanishib chiqishingiz mumkin. 

Bugungi hududimiz Buxoro viloyati: mazkur sayyor qabullarda ham Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, shuningdek, (!)20 ga yaqin vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirok etgan. Jami tadbirlarda 1 ming 554 ta murojaat asosida 1 ming 584 ta masala ko‘rib chiqilganligi aytilmoqda.

Muloqotlar davomida ichki ishlar faoliyati, sud qarorlari va prokuratura organlariga eng ko‘p murojaat kelib tushgan.

Natija sifatida quyidagi maʼlumotlarni keltirib o‘tamiz. Unga ko‘ra:

*1,8 km. yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizildi, 6 km. loy-tuproq ko‘chalar tosh yo‘lga aylantirildi.

*Chorbakr ziyoratgohiga boradigan avtomobil yo‘lining 1 km masofasi taʼmirlab berildi. Vobkent tumani “Rabotoxun” mahallasi aholisi uchun 1 km. yo‘liga qum-shag‘al to‘shab berildi. (shu maʼlumotlarni bermasa ham bo‘lardi) Jondor tumani Qo‘shrabot qishlog‘idagi 3,5 ming aholi yozda ham, qishda ham yo‘l azobini tortardi. Ularning murojaati joyiga chiqib o‘rganilgach, shu kunning o‘zidayoq ishga kirishildi. Kunning birinchi yarmidayoq yo‘lning 0,5 km. qismi joriy tamirlandi. (iltimos xisobotlarni tayyorlayotganizda yuqorida sayyor qabullarda ishtirok etayotgan davlat tashkilotlari hurmatidan mana shunday juda uyatli axborotlarni bermanglar hech bo‘lmasa 1 kunlik natijalarni kiritinglar!)

(!)Elektr tarmoqlaridagi muammolar o‘rganilgach, uch kun ichida 3 ta transformator yangilandi-taʼmirlandi, 8ta obyektda elektr energiyasi kuchlanishi meʼyoriga keltirildi,bir qator hududlarda simyog‘ochlar o‘rniga beton-tayanch ustunlar o‘rnatildi, zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatib berildi. Buxoro shahridagi ko‘p qavatli 6-uy aholisi esa ommaviy qabulga ichimlik suvi va tom masalasiga yechim so‘rab keldi. Sababi – bu uynning tomi taʼmirtalab, yuqori qavatlarga esa suv chiqmas edi. Murojaatdan so‘ng bu muammoni zudlik bilan hal qilish choralari ko‘rildi. Natijada qisqa vaqtda 6-uyning tom qismini taʼmirlash ishlari boshlandi. Turdi Farog‘iy ko‘chasidagi 6-7-uylar aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilgach, uylar oldidagi taʼmirtalab yo‘laklarni betonlashtirib berildi.

Mazkur lokal aslida muammo ham emas balki, tizimdagi kamchiliklarni ham faqatgina yilda, ha mayli oyda bir o‘tkaziladigan yig‘ilishlar natijasi o‘laroq ko‘rsatish biroz noto‘g‘ri emasmikan?!

Mayli bizga berilgan maʼlumotlarni berishda davom etamiz. Shu bilan birga, yaxshi natijalar ham bor masalan: Oliy sud yo‘nalishida 35 ta ish nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi, 5 ta daʼvo arizasi qabul qilinib, nazoratga olindi.

Bosh prokuratura – 7 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish bo‘yicha qaror bekor qilindi, 5 ta jinoyat ishi alohida nazoratga olindi.

Majburiy ijro byurosi – 7 ta murojaat bo‘yicha aliment qarzdorligini undirib berdi, mol-mulkni bo‘lish bo‘yicha sud qarorlari ijrosi taʼminlandi.

Ichki ishlar vazirligi masʼullariga murojaatlardan so‘ng 4 ta  holatda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilishi belgilandi, 3 nafar fuqaro ichki ishlar tizimiga ishga qabul qilindi, 2 murojaatchi vaqtincha ro‘yxatga qo‘yildi. Shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan 6 nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti topshirildi.

Markaziy banki tomonidan tadbirkorlik subyektlariga 261,6 mln. so‘m kredit ajratildi; qator murojaatchilarning kredit muddatlari uzaytirib berildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosariga murojaatlar asosida og‘ir ahvoldagi 8 nafar bemorga davolanish va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun yo‘llanmalar ajratildi, 30 nafardan ziyod ehtiyojmand insonlar nogironlik aravachasi, protez-ortopediya vositalari, dori-darmonlar bilan taʼminlandi. (!) (fuqarolarning vazirlikning hududiy boshqaramasiga murojaati emas vazirlikka murojaatidan so‘ng bunday hayriya ishlari amalga oshirilgan)

Ish masalasida murojaat qilgan 39 nafar fuqaro doimiy ish joyiga ega bo‘ldi, 3 ta holatda oylik ish haqlari undirib berildi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi masʼullari 450 o‘rinli 18 ta oilaviy, davlat xususiy sherikchilik asosida 200 o‘rinli 2 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarni imzoladi. Bu bilan 66 nafar xotin-qizning bandligini taʼminlashga erishilishi mumkin ekan.