Xitoy hukumati genotsidni yanada ko‘paytirmoqda

So‘nggi uch yil davomida Xitoy kommunistik rejimi g‘arbiy Shinjon mintaqasida madaniy genotsid kampaniyasini olib bordi. U 1 milliondan ortiq etnik uyg‘urlar va qozoqlarni hibsxonalarida qamab qo‘ydi va ularning Islomga sodiqligini yo‘q qilishga intildi. Mahbuslar cho‘chqa go‘shtini eyishga va xitoy qo‘shiqlarini yodlashga majbur edilar; ayollar sterilizatsiya qilindi va bolalar ota-onalaridan ajralib, internatlarga yuborildi. Orvellian elektron kuzatuv tizimi yuzni aniqlash kabi texnologiyalardan foydalangan holda qolgan aholini kuzatib borish uchun yaratilgan.

Asta-sekin, AQSh va boshqa G‘arb hukumatlari ushbu g‘ayrioddiy jinoyatga javob berishni boshladilar. Xabarlarga ko‘ra, Prezident Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashuvlar chog‘ida ikki marotaba ushbu tazyiqlarga qarshi imzo chekkan bo‘lsa, Tramp maʼmuriyati esa ushbu zo‘ravonlik uchun masʼul bo‘lgan mansabdorlarga qarshi sanksiyalar eʼlon qilib, mintaqadan olib kiriladigan mahsulotlarga baʼzi cheklovlar qo‘ygan edi.

Biroq, janob Si xavotirda emas. O‘tgan hafta oxirida Shinjon va partiya vakillarining konferensiyasida “ Xitoy rahbari Si Szinpin Shinjon mintaqasini boshqarish bo‘yicha yondashuvining muvaffaqiyatli ekanligini eʼlon qildi va Kommunistik partiyaning mamlakat shimoli-g‘arbiy chegarasi bo‘ylab millionlab etnik musulmonlarni assimilyatsiya qilish uchun olib borgan kuchli kampaniyasi davom etayotganiga ishora qildi.

“Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, partiyaning Shinjonni yangi davrda boshqarish strategiyasi to‘liq to‘g‘ri” va u uzoq muddatda davom etishi kerak, dedi. Pekinda yig‘ilgan partiya rahbariyati, markaziy hukumat va Shinjonning rasmiylari shuningdek, boshqalar qatorida, janob Si, butun Kommunistik partiyaga Shinjon strategiyasini amalga oshirishni mintaqaning uzoq muddatli rivojlanishiga yaqinlashtirgan siyosiy vazifa sifatida qarashni buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shinjonda yaxshi boshqaruv “butun partiya va butun mamlakat uchun muhim vazifadir” va bu butun mamlakat bo‘ylab partiyaning “bitta etakchiligini” kuchaytirishni talab qiladi” deb taʼkidlab o‘tdi o‘z nutqida.

Avstraliya strategik siyosat institutining Shinjon maʼlumotlari loyihasi shuni ko‘rsatdiki, rejim uyg‘urlar saqlanadigan ko‘plab yangi qamoqxona majmualarini qurmoqda. Sunʼiy yo‘ldosh tasvirlaridan 2017 yildan beri tashkil etilgan yoki kengaytirilgan 380 ta qamoqxonaligi gumon qilinayotgan joylar, shu jumladan, 2019 yil iyulidan yana 61 tasi yangi paydo bo‘lgani joylarni kuzatish mumkin.

“The Post” xodimi Anna Fifield tomonidan: “Qashqar shahri yaqinidagi yangi ko‘chmas mulklardan biri haqida guvohlar tomonidan olinadigan kamdan-kam maʼlumotlarni taqdim etdi. U 60 gektardan ziyod maydonni egallaydi va 45 metrlik devorlar va qo‘riqlash minoralari bilan o‘ralgan, dedi u. Unda 10 000 nafar odamni sig‘dira oladigan 13 ta besh qavatli turar-joy binolari mavjud. Tikanli simli to‘siqlar va proyektorlar “jihozlangan” binolarda odamlarning kasb-hunar taʼlimi markazlarida “faoliyat” olib borayotgani aytilgan biroq, u yerda qamalgan odamlarning (uyg‘urlarning) aksariyati qo‘yib yuborilgan deb eʼlon qilinishiga qaramasdan ularni yangi qamoqxonalarga ko‘chirilgan, boshqalari esa majburiy mehnatga majbur qilingan” deb axborot berilgan.

“Xinjiang Data Project”dan olingan ikkinchi hisobot, shuningdek sunʼiy yo‘ldosh orqali olingan tasvirga ko‘ra, 2017 yildan beri mintaqada 8500 ga yaqin masjid vayron qilingan, yana 7500 tasi zarar ko‘rgan. Bu Shinjondagi masjidlarning uchdan ikki qismiga to‘g‘ri keladi va yana Xitoyning rasmiylarning masjidlarni himoya qilish haqidagi daʼvolari yolg‘on ekanligini ko‘rsatmoqda.

Janob Si ushbu jinoiy harakatlarni davom ettirish niyatida ekanligini aniq aytib o‘tdi. Biroq, xalqaro reaksiya zaifligicha qolmoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqi mintaqaga kuzatuvchilarni yuborish to‘g‘risidagi talablari bilan cheklanib qolmoqda. G‘arb demokratik davlatlarining izchil va birlashgan javobi zarur, bu Pekinga ancha qimmatga tushadi. Sobiq milliy xavfsizlik bo‘yicha Trampning maslahatchisi Jon Bolton, janob Si uyg‘urlarga qilingan hujumni “juda to‘g‘ri amalga” oshirgan deb hisoblagan.

Xulosa sifatida aytadigan bo‘lsak, Trampning Xitoy rahbariyati tomonidan olib borilayotgan “Shinjon” loyihasiga qarshi chiqishi orqali saylov oldi iqtisodiy yo‘nalishlardagi vaʼdalarini bajarishi yotganini yaxshi bilamiz. Biroq, Xitoy hukumati uchun bu “Shinjon” loyihasini amalga oshirish nima uchun kerakli to‘g‘risida hamda  Si janoblarining shaxsiy “tashabbuslari”  hamda xitoy hukumatining ichki strategik siyosat olami to‘g‘risida kiyingi tahliliy materiallarimiz orqali batafsil yoritib berishga harakat qilamiz.