Yurtimizdagi ijtimoiy tarmoqlardagi axborot maydonchalarining mazmun va yo‘nalishlari to‘g‘risida qisqacha tahlil

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ortiqcha malaka, vaqt va mehnat talab qilmaydi: shunga qaramasdan hamma ham bu yo‘nalishda faol bo‘la olamaydi.

Fbda; asosan ikkita yo‘nalishda bahsga kirishish mumkin biri diniy mavzudagi va taʼlim tizimidagi shu bilan birga hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarning muhokamalarini ko‘rish mumkin.

Instagramda; asosan shou-biznes yo‘nalishidagi yoki biror reklama qilinishi kerak bo‘lgan joy (bunda kafe, restoran, ko‘ngil ochar maskanlar nazarda tutilgan) to‘g‘risidagi maʼlumotlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, blogerlar bu tarmoqda tanqidiy postlar bilan faollik ko‘rsatmaydi.

Bunga ko‘plab sabablarni keltirish mumkin. 1- bizning blogerlarimiz ko‘proq yozishni bayon shaklini maʼqul ko‘rishadi. 2- qisqa infografikalardan foydalanish ko‘proq vaqt talab etganligi bois ko‘p xollarda ishlatilmaydi. 3- shou-biznesda aksariyat foydalanuvchilar o‘zlari bevosita sahifalari olib borganlik uchun boshqalarga ehtiyoj qolmaydi.

Odnoklasnikidan esa ko‘proq 22 yoshgacha bo‘lganlar auditoriya foydalanganligi bois, aksariyat muhokamalar sayozligi tufayli bu tarmoqdagi bahslar beeʼtibor qoladi. Jamoatchilikda rezonans bermaydi.

Telegramdagi kanallarda asosan shaxsiy qarashga ega mashhur blogerlar foydalanmoqda. Aynivaqtda eng arzon va muammosiz foydalanish mumkin bo‘lgan ijtimoiy tarmoq hisoblanmoqda.

Hozirda internetning o‘zbek segmentida YouTube videoxostingi ommalashmoqda. O‘zbekistonda ham internet sifati yaxshilanmoqda va auditoriyaning matnlarni o‘qishga erinchoqligi, vaqt ajratish istagining yo‘qligi sababli barcha maʼlumotlarni vizual tarzda taqdim etuvchi videomateriallarga ehtiyoj ortib bormoqda. Biroq, tarmoqqa joylashtirilayotgan videolarning aksariyati ko‘ngilochar mazmunga ega bo‘lib, videoyangiliklar, sharhlar, munosabatlarga ehtiyoj bor. YouTube ijtimoiy tarmog‘ining yana bir ustun tomoni shundaki, unda shartnoma asosida muayyan sonda ko‘rilgan videoroliklar uchun pul to‘lash tizimi joriy etilgan. Shu sababli videoblogerlar o‘z auditoriyasini kengaytirish maqsadida asosan yengil mavzularga murojaat qilmoqda.

Bugungi kunda twitter ijtimoiy tarmog‘i o‘z ommaviyligini qaytarib olmoqda biroq, bundan ikki-uch yil muqaddam Tvitter katta auditoriyaga ega bo‘lgan bo‘lsa, hamda yana bir sabablardan unda so‘zlar sonining cheklangani ham qaysidir maʼnoda taʼsir ko‘rsatgan edi. Biroq, ayni vaqtda aksariyat “xos” blogerlar axborot almashish va muhokama uchun Tvitter maydonchasini maʼqul ko‘rmoqdalar.

Telegramning tobora ommalashib borayotganiga uning auditoriyasi katta ekani, foydalanish uchun ortiqcha bilim yoki ko‘nikma talab etilmasligi, mobil trafikni kam talab qilishi, o‘zida veb saytlarning barcha funksiyalarini mujassam etgani (mediafayllar joylashtirish, havolalar kiritish, yozuvlarni qalin yoki kursiv qilish va hokazo) va boshqalar sabab bo‘lmoqda. Ayni paytda ommaviy telegram kanallari reklama hisobiga daromad olishni yo‘lga qo‘ygan, qolaversa telegram kanallarini ochib, ommalashtirgandan so‘ng ularni sotish ham ko‘plab kuzatilmoqda. Shu bilan birgalikda, telegram auditoriyasining kattaligi hisobiga o‘z mahsulot va xizmatlarini sotish ham yo‘lga qo‘yilgan. Yana bir ustunlik jihati shundaki, ko‘plab jamoalar ish yuritish, topshiriqlarni berish va xodimlar o‘rtasida fikr almashishda qulayligi, barcha ko‘rinishdagi fayllarni almashish va nazoratni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlariga egaligi uchun ham aynan telegramdan foydalanishni afzal ko‘rmoqda.

Yana bir gap!bizda bugungi kunda tashkilotlar blogerlar bilan quyidagi xizmatlar bo‘yicha faol hamkorlik olib borishmoqda:

Tadbirkorlik yo‘nalishida;

Tashkilot imijini yaxshilash va ommalashtirish;

Rahbar imijini yaxshilash va jamoatchilikka olib kirish;

Loyihalarni ommaviyligini oshirish.