62 davlat Avstraliyaning COVID-19 pandemiyasining kelib chiqishini tekshirish gʼoyasini qoʼllab-quvvatladi

Avstraliya va Yevropa Ittifoqining dunyodagi koronavirus manbaini mustaqil ravishda oʼrganish boʼyicha tashabbusi 62 mamlakat tomonidan qoʼllab-quvvatlandi, – deb xabar bermoqda Avstraliyaning АBC teletarmoq korporatsiyasi.

Mazkur chaqiruv dushanba kuni Jenevada Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JST) assambleyasi ochilishi arafasida qoʼllab-quvvatlandi va doimiy ravishda oʼsib bormoqda.

Ushbu taklifda epidemiya boshlangan deb taxmin qilinayotgan Xitoy yoki Uxan shahri aniq tilga olinmagan. Biroq, Avstraliya hukumatidagi manbalarga koʼra, Yevropa Ittifoqi taklifi masalani toʼgʼri va puxta tekshirilishga imkon beradigan darajada qattiq boʼlib, bu pandemiya haqidagi shaffoflikni taʼminlash uchun “birinchi qadam” deb atalgan.

Ushbu bosqichda na Xitoy, na AQSh bu taklifni qoʼllab-quvvatlamagan boʼlsa ham, diplomatlar ikkala yirik davlatni ularni qoʼllab-quvvatlashga ishontirmoqdalar.