Turkmanistonning barcha moliyaviy oqimlari prezidentning o‘g‘li qo‘liga o‘tdi

Arkadag‘ o‘g‘lini bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlagani to‘g‘risida avval xabar bergan edik. Shunday qilib, u nafaqat otasining o‘rinbosari, balki ayni paytda Turkmaniston hukumati rahbari bo‘ladi shuningdek, u mamlakatdagi barcha moliyaviy oqimlarni boshqarish uchun ham katta vakolatlarga ega.

Bir necha yil oldin boshlangan hukumatni “o‘tkazish” tadbiri hali ham davom etmoqda.

Serdar yangi Konstitutsiya asosida mamlakatning ikkinchi shaxsiga aylanish uchun parlamentning yuqori palatasi spikeri lavozimini egallaydi.

Serdarni prezidentlikka tayyorlash juda uzoq vaqtdan beri davom etib kelmoqda. Bundan tashqari, buning uchun qonunchilik bir necha bor o‘zgartirilgan.

Serdar hukumat bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga sanoat va qurilish ishlab chiqarish vaziri lavozimidan o‘tdi. Axaldagi mintaqaviy elita bilan sodir bo‘lgan ziddiyat tufayli ushbu vazirlik shoshilinch ravishda tuzilgan edi.

Axalda muammo qanday paydo bo‘lgan edi?

Gap shundaki, u Axaldagi faoliyatini 2019 yil iyuldan 2020 yil fevralgacha davom ettirdi 1,5 milliard dollarlik yangi maʼmuriy markaz – Axal Siti qurilishiga rahbarlik qildi. Avvaldan tuzilgan rejaga muvofiq, voris uchun yangi poytaxt sifatida topshirilishi kera edi. Biroq, Serdar elita tarafdori tomonidan qabul qilinmadi. Bu yer azaldan katta “kuchlar”, yirik biznes va byurokratiyaning asosiy makoni hisoblanadi. Arkadag‘ning o‘zi birinchi prezident Saparmurod Niyozov singari Axalteke qabilasidan chiqqan ularning “jamoatchilik fikri” eng muhim etirof sanaladi.

Shuning uchun Serdar shoshilinch ravishda poytaxtga olib kelindi. 2020 yil davomida u soyada bo‘ldi. 2021 yilda u yangi lavozimga ega bo‘lib, barcha moliyaviy oqimlarni boshqarish, turli tekshiruvlar kabi boshqarish imkoniyati taqdim etildi.

Bosh vazir o‘rinbosari lavozimi unga nafaqat moliyaviy oqimlar haqida maʼlumot beradi, balki ko‘plab hujjatlar bilan tanishishga imkoniyat ham yaratib beradi. Turkmaniston iqtisodiyoti sharoitida bularning barchasi amaldorlar va ishbilarmonlarga nisbatan juda ko‘p kompromatlarni to‘plash imkoniyatini beradi. U xohlagan vaqtida bu “hujjatlar”dan ularga qarshi qo‘rqitish yoki yo‘q qilishning “qonuniy” usullarini qo‘llashda foydalanishi mumkin.