“Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.  

Qonun loyihasining maqsadi quyidagilardan iborat:

✅ tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi munosabatlarni qonun darajasida mustahkamlash;

✅ xalqaro hujjatlardagi qoidalarning xususan, majburiy mehnatga, migrantlarning sog‘lig‘iga ziyon yetkazuvchi sharoitlarda ishlash uchun jalb etishga yo‘l qo‘ymaslik kabi qoidalarni milliy qonunga implementatsiya qilish;

✅ tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatlarini belgilash;

✅ fuqarolarning mamlakat tashqarisidagi faoliyatini tashkil etish, ularni uyushgan holda ishga joylashtirish hamda chet ellik fuqarolarni O‘zbekistonda mehnat qilish uchun jalb etishning huquqiy mexanizmlarini belgilash.

👆Qonun loyihasida mehnat migrantlarining daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi belgilanmoqda.