Alisher Usmonov “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga 20 mln dollar ajratdi

Rossiyada istiqomat qiluvchi o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashishga 20 million dollar mablag‘ o‘tkazib berdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali efirida ma’lum qilingan.

Ushbu pullar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga o‘tkaziladi.

Xabarga ko‘ra, pullar Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi karantin uchun maxsus kasalxonani tibbiyot asbob-uskunlari bilan ta’minlashga sarflanadi.