AQSh prezidenti: Oq uyning barcha xodimlari koronavirusga kundalik test topshiradi

Trampning o‘zi va vitse-prezident Mayk Pens ham har kuni koronavirusga test topshiradi. Bunga Trampning shaxsiy yordamchilardan birida koronavirus borligi tasdiqlangani sabab bo‘lgan.

AQSh rahbari jurnalistlar bilan brifingda o‘z yordamchisidan zararlanmaganiga umid qilishini, chunki u bilan deyarli muloqotda bo‘lmaganini aytgan.  Tramp koronavirusga nafaqat u, balki Oq uyning barcha xodimlari, jumladan Mayk Pens ham qon topshirishini ta’kidlab o‘tgan.

AQSh prezidenti tegishli tekshiruvdan 6 va 7 may kunlari o‘tganini va natijalar manfiy bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. Avvalroq Trampning shaxsiy kamerdineri vazifasini bajaruvchi AQSh harbiy-dengiz kuchlari xizmatchisida koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘lgandi.