AQSH tarixidagi “buyuk fojia”

AQSH kongressining vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi koronavirus pandemiyasini “mamlakat tarixidagi buyuk fojia“, dedi.

“80 mingdan ziyod amerikalik vafot etdi, taxminan 1,4 million kishi koronavirusga chalingan. 33 million amerikalik ishsizligi uchun yordam puli olishga ariza berdi. Biz ushbu raqamlarni bilamiz. Mamlakatimiz tarixidagi buyuk fojia bilan yuzma-yuz turibmiz”

deb yozdi u Facebookdagi sahifasida.

Uning taʼkidlashicha, demokratlar taklif qilgan 3 trillion dollarlik yangi yordam paketi “asosan“ iqtisodni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha avvalgi toʻrtta qonun loyihasiga moʻljallangan edi.

“Baʼzilar yordam paketini toʻxtatib turaylik, tanaffus qilaylik demoqda. Lekin koʻp oilalar qiynalgan. Ochlik, ijara, kommunal toʻlovlari, ish oʻrnini yoʻqotganligi sababli ruhiy tushkunlik yoki yaqin odamini yoʻqotish fojiasi tanaffus olmaydi”

deya taʼkidladi Pelosi.


“Harakatsizlik biz uchun hammasidan qimmatga tushadigan yoʻldir“, — ogohlantirdi Pelosi.
Xabarda aytilishicha, vakillar palatasi juma kuni yangi qonun loyihasiga ovoz berishni rejalashtirmoqda.