AQShda OAVlarning jamiyatdagi o‘rni va taʼsirini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tadqiqot eʼlon qilindi

AQShda OAVlarning jamiyatdagi o‘rni va taʼsirini aniqlash maqsadadida “Pew Research Center” tashkiloti tomonidan tadqiqot o‘tkazildi. Respondentlardan axborot agentliklarining  (yangiliklar tarqatish bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilotlar) 5ta yo‘nalishdagi savollar bo‘yicha baholash so‘ralgan: 1 – Soha vakillari axborot tarqatishda kasblarini qanday bajarmoqda?, 2 – Ular professional tarzda harakat qilmoqdami?, 3 – Demokratiyani himoya qilmoqdami yoki zarar yetkazmoqdami?, 4 – Ular AQShni himoya qilmoqdami yoki mamlakatga zarar yetkazmoqdami?, 5 – Axborot qabul qiluvchilarga g‘amxo‘rlik qilmoqdami?

Natijalar esa…

Umumiy tarzda olib qaralganda jamoatchilik tomonidan OAVlarga bo‘lgan ishonchi va ularning jamiyatdagi ahamiyati va taʼsiri bo‘yicha bir muncha ijobiy natijalar qayt etilgan. Ishtirokchilarning  82% mazkur tadqiqotga befarq emasligini bildirgan.

Biroq, AQSh aholisi yangiliklarga ixtisoslashgan OAVlar jamiyat rivojida salbiy rol o‘ynaydi deya fikr bildirgan.

“Pew Research Center” tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada respondentlarning 53%-i OAVlar odamlarning (axborot isteʼmolchilari) holatiga ahamiyat bermaydi, 35%i AQShni haddan ziyod tanqid qiladi va 36%-i demokratiyaga zararli deya munosabat bildirdi, 37%-i esa OAV xodimlarini o‘z ish uslubi ustida ishlamasligini taʼkidlashgan.

Avvalgi natijalar …

Tashkilot tomonidan 2011 yilda o‘tkazilgan so‘rovlarda Amerikaliklar OAVlarning aholi orasidagi (55%) taʼsiri oshib borayotganini bildirgan bo‘lsa, joriy yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarda esa aksincha, (36%) taʼsir doirasi pasayib borayotgani va bunga sabab qilib OAVlarga jamoatchilik (axborot isteʼmolchilari) tomonidan avvalgi ishonch yo‘qligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. “Pew Research Center” tashkiloti ekspertlarining jamoatchilikdan yana “axborot isteʼmolchilarning ishonchini qaytarish mumkinmi?” deya aniqlik kiritish uchun o‘tkazilgan tadqiqoti ancha kutilmagan natija bilan yakunlandi. Unga ko‘ra:

Axborot isteʼmolchilariga nima kerak?

So‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati axborot tarqatuvchining manbasi bilan shaxsiy aloqaga ega bo‘lishni hamda uning aniq kimligini bilishni istaydi. Axborot qabul qiluvchilarning bunday talablarini tahlil qilib ko‘rsak, hozirgi axborot tarqatish jarayonida jamoatchilikning ko‘p xolatlarda blogerlarga ishonch bildirayotganlari, ularning fikr va takliflari aholiga aksariyat xollarda ishonchli va to‘g‘ri bo‘lib qabul qilinayotganini ko‘rishimiz mumkin. Jamoatchilik qandaydur ulkan tashkilotlardagi “katta odamlar” bilan emas oddiy ko‘rinib turgan o‘zi bilgan inson bilan aloqaga chiqishni, feedbackni ishonchli deb biladi.  

Jamoatchilik ishonchsizligining (72%) yana bir sababi axborot agentliklarning turli tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilishi bo‘yicha ochiq siyosat olib bormasligi tufayli manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin deyilmoqda.

OAVlarning ishonchlilik darajasi tashkilotning hisobotiga ko‘ra 2013 yildagi ko‘rsatkichdan (55%) ancha pastlab ketgan (hozirgisi 36%).

Yangi tendensiya

Yana bir qiziqarli tendensiya ketayotganini kuzatish mumkin, AQShda jamoatchilik Milliy katta xoldingiga kiruvchi OAVlar tomonidan tarqatilayotgan axborotlarga emas, aksincha, hududlarda faoliyat olib borayotgan mahalliy axborot tarqatuvchilari tomonidan tayyorlangan maʼlumotlarga ishonch bildirmoqda.

Sababi, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, axborot tarqatuvchining sodir bo‘layotgan voqelikni aniq, ishonchli kuzatuvchi sifatida bevosita ishtirok etishida ko‘rilmoqda.

AQShda tadqiqotlar natijasida eʼlon qilingan tahliliy jarayonlar o‘zimizda ham kuzatilmoqda. Blogerlar tomonidan olib borilayotgan sahifalar katta va ko‘p xodimlar faoliyat olib borayotgan tahririyat va tv-kanallarga qaraganda, jamoatchilik tomonidan iliq kutib olinib auditoriya jihatidan ko‘pchilikni qamrab olmoqda. Hududlar qamrovidagi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar soni kun sayin rivojlanib bormoqda.

Afsuski, jurnalistlarning kasbiy malakasi bo‘yicha jamoatchilik tomonidan bildirgan fikrlari, bizda ham muammo. *(yaʼni o‘z ustida ishlamaslik)