“Vertikal o‘rmon” loyihasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Hozirgi kunga kelib insonlarni yashashlari uchun juda qulay va chiroyli ko‘rinishdagi uylar qurilib sotuvga qo‘yilmoqda.

Aynivaqtga kelib shaharlarda o‘rmonni eslatuvchi uylar barpo etilishi urfga kirib bormoqda. Baland qavatli binolarda joylashgan  va tabiat qo‘yinidan uzoqdagi uy egalari uchun bunday uylar ayni muddao bo‘lmoqda. Xitoyda “vertikal o‘rmon” nomi bilan mashhur loyiha asosida qurilayotgan uylar ko‘rinish jihatidan chiroyli va talablarga mos ravishda bo‘lishiga qaramasdan juda kamchilik tomonidan sotib olinmoqda.

Mazkur loyiha asosida 2018 yil mobaynida 826ta xonadon sotilgan, biroq, 10 ta oilagina o‘z xonadonlarida istiqomat qilayotgani aytilmoqda.

Nima uchun mazkur loyiha, aholining o‘zi tomonidan talab qilingan va marketologlar tomonidan “yaxshilab” o‘rganib chiqilgan bo‘lishiga qaramasdan muvaffaqiyatsizlikka uchradi?!

Sabab esa eng oddiy jihatni tabiatning “erkin” va bir biriga bog‘liqligini eʼtiborga olinmagani bilan bog‘liq.

Chivinlar va pashshalar! Mazkur kichik nyuans kattagina loyihani omadsizlikka olib kelmoqda.

Shuningdek o‘simliklarni qarovsiz qoldirilishi ularni tartibsiz o‘sib ketishi ham xonadon egalariga noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.

Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham tabiat bilan shaharliklarni oshno qilish maqsadida gullar bilan bezatilgan (balkon) xonadonlarni sotuvga chiqarayotilgani eʼlon qilinmoqda. Afsuski, mazkur loyiha ko‘plab mamlakatlarda omadsizlikka uchrayotganini elatib o‘tmoqchimiz.