“Ushbu qishda favqulodda iqtisodiy yordamni jalb qilish xavfsiz deb ishonish xato bo‘lar edi”
Ushbu maqola The Telegraph-ning iqtisodiy razvedka yangiliklaridan olingan. Buyuk Britaniyaning ikki nafar eng yaxshi iqtisodiy sharhlovchilari – Ambrose Evans-Pritchard va Jeremy Warnerdan eksklyuziv ma’lumoti asosida tayyorlandi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorlari ishonchli deb hisoblangan va hozirgi kunda odamlarda sinovdan o‘tkazilayotgan 3-bosqichdagi to‘rtta G‘arb vaktsinalari haqidagi har bir xushxabardan faol ravishda foydalanmoqda.
Ammo xavfsiz va ishlay oladigan sertifikatlangan hech qanday vaktsina tez orada tayyor bo’lmasligi va kuz / qishda kutilayotga epidemiyaning ikkinchi to’lqinini oldini olish uchun etarlicha katta hajmda bo’lmasligini tushunish kerak xalos.
Pfizer kompaniyasi o‘zining vaktsinasini Germaniyaning BioNTech guruhi bilan birgalikda yil oxirigacha to‘liq chiqarishga tayyor bo‘lishini aytib o‘tdi.
Bunga umid qilamiz albatta. Ammo esda tutish kerakki, ular “tezkor” axborot tashuvchi RNK bilan tajriba o‘tkazmoqdalar, bu esa immunitet tizimini tez muddatda javob berishiga undaydi. Moderna shunga o‘xshash RNK-xabarchi ustida ishlamoqda.
Ushbu genga asoslangan biotexnologiya usuli odatdagi mashaqqatli jarayonni chetlab o‘tmoqda. Ma’lumki, mRNA beqaror va uni boshqarish qiyin. Bunday vaktsinalar hech qachon insonlarda foydalanish uchun tasdiqlanmagan. Ularning qanchalik samarali ekanligi va immun tizimi qancha davom etishini bilmaymiz.
AQSh Federal Immunizatsiya Komissiyasining ta’kidlashicha, Pfizer kompaniyasi vaktsinasi “salqin qutilarda” tashilishi va minus 94 daraja muzlatilgan holda saqlanishi kerak. Eritgandan so‘ng, uni 24 soat ichida ishlatish kerak. Vaktsinani tarqatish uchun maxsus joylar kerak bo’ladi.
Pfizer kompaniyasi hukumatning “Warp Speed” operatsiyasida qatnashmaydi. Yakka tartibda samarali ishlaydi. “MRNA vaktsinasini ishlab chiqarishni tezlashtirish – pul emas (mablag‘ uchun emas)”, deydi bosh direktor Albert Burla.
Ushbu logistik bosh og‘rig‘ini keng miqyosda hal qilish mumkin deb hisoblansa ham, odamlar 21 kunlik interval bilan ikki marta emlanish kerak bo‘ladi. Baribir bu jarayon 2021 yilgacha davom etadi.
Keyin savol shundaki, ularning qanchasi emlashga rozi. “Deutsche Bank” so‘rovi shuni ko‘rsatdiki, AQSh aholisining to‘rtdan uch qismi bu jarayonni siyosiylashtirilgan deb hisoblaydi. Fransuzlarning deyarli yarmi vaktsinaga qarshi. Skeptiklar esa albatta, shoshilinch emlanishga shubha bilan qaramoqda.
Tasodifiy o‘lim, shafqatsiz “qo‘rquv” sindromi haqida har doim xavotirlar mavjud. 1976 yilda cho‘chqa grippiga qarshi emlash kampaniyasi paytida bir kunda uch kishi vafot etdi. Keyinchalik tergov xulosalariga ko‘ra, bu holatlarning vaktsinaga aloqasi yo‘q bo‘lib chiqqan, ammo o‘sha vaqtda olib borilayotgan emalsh ishlariga zarar etkazilgan. Kampaniya muvaffaqiyatsiz tugadi. Aytish joizki, bu jarayon soxta (feyk) yangiliklar, Twitter va kiber-isteriya davridan ancha oldin edi.
“Mening bilishimcha, ushbu emlashlarning hech biri hali bolalarda sinovdan o‘tkazilmagan va bolalarning emlashdagi o‘rni haqida hali ko‘p narsalarni o‘rganish kerak”, – deydi professor Lipsich. “Shuning uchun, normal holatga kelgunimizcha, biz bolalar xavfsizligi uchun sinovlarni boshlashimiz kerak.”
Oksford / AstraZeneca vaktsinasi sinov davrida bir nafar ko‘ngillida nevrologik ta’sirdan so‘ng qisqa hiqichoq tutdi shunga qaramay hozircha, mazkur vaktsina bizning eng yaxshi tanlovimiz bo‘lishi mumkin. U mRNKga qaraganda yaxshi ma’lum bo‘lgan usul hujayralar yuqtirilgan shimpanzalarda takrorlanmaydigan virusli vektordan foydalangan. U kuchli antikor (antitella) reaktsiyasini va eng muhimi, T hujayralarining uzoqroq reaktsiyasini keltirib chiqaradi.
Ha, xursandchilik uchun sabab bor. Biz, shubhasiz, butun dunyo bo‘ylab 200 ta sinovdan o‘tkazilgan bir nechta ishlaydigan vaktsinalarni olamiz – 2-bosqichda yana 14 ta va 1-bosqichda 25 ta, hatto ularning ba’zilari qisman himoya qilishni ta’minlashi ham mumkin. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish markazi (CDC) tasdiqlash chegarasini 50% samaradorlikka tushirdi, bu esa R infektsiyasini maqbul darajaga va pandemiyadan chiqarib yuborish uchun etarli.
Evropada yuqish holatlar ko‘paymoqda, shunga qaramay, klinik tajriba, kontaktni aniqlash va niqobning tiklovchi ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan virusning past darajasi o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirdi. Ammo bu bizga keyingi to‘rt-besh oyni bosib o‘tishga yordam bermaydi.
G‘arbiy dunyoning ayrim mintaqalarida – London, Madrid, Nyu-Yorkda – Covid serotiplari 15-20% gacha bo‘lishi mumkin, ammo biz ushbu antitellar qancha vaqtgacha himoya qilishini bilmaymiz. “Fikrimcha, sanoati rivojlangan dunyoning hech bir joyida ommaviy immunitet xosil bo‘ldi deya olmaymiz”, – fikr bildirdi professor Lipsich.
Yana ozroq tanaffusga ruxsat berish kerak bo‘ladi. Hukumatlar maqsadli nazorat qilish strategiyasiga mahkum bo‘lganlar, kichik blokirovkalar va karantinlar – bularning barchasi iqtisodiyotning tiklanishiga putur etkazadi va bu yuqori yuqish mavsumi boshlanishidan oldin sodir bo‘ladi va mavsumiy gripp bilan aralashadi.
Buyuk Britaniya ta’tilni va kelgusi oy “zombi” kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashni tugatmoqda ushbu sxemani yopadi.
AQSh pandemiya sababli yo‘qolgan ish o‘rinlarining yarmini hali tiklaganicha yo‘q, iyul oyida esa 30 million kishiga ishlay olmaslik uchun haftalik ajratilgan 650 dollarlik qo‘llab-quvvatlash muddati tugadi. Kongressda aholini rag‘batlantiruvchi boshqa kelishuv hali mavjud emas va prezident saylovlari oldidan bu imtiyoz “eshiklar”i yopiladi. Ispaniya hukumati esa tejamkorlik choralarini tayyorlamoqda.
Fransiya va Germaniya ko‘proq vaqt qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda – garchi ikkitomonlama og‘ir bo‘layotgan bo‘lsa ham. Amerika banki, evrozona doimiy zararni oldini olish uchun yalpi ichki mahsulotning 10 foiz moliyaviy rag‘batlantirishiga muhtoj: milliy rejalar atigi 4 foizni tashkil qiladi. Evropa Ittifoqini tiklash jamg‘armasi 2021 yil o‘rtalariga qadar ishlamaydi.
Shu bilan birga, sanoatning qayta tiklanishi o‘tgan yilgi evro hududida 8 foizga va Germaniyada 12 foizga nisbatan sekinlashmoqda. Haqiqiy qiymatga ega bo‘lgan valyuta mavjud bo‘lganda ham valyuta bloki deflyatsion tuzog’iga tushadi. Qayta qurish bo’yicha mash’um rejalar esa Evropa matbuotida kunlik yangiliklarga aylandi.
Jahon ilmining safarbar etilishi va farmatsevtika sanoatining boshqa sohalar bilan hamkorligi ushbu pandemiyadan ajoyib najot bo‘ldi. Bizda bunday yangi virus uchun odatdagidan kam vaqt ichida o‘n barobar ko‘p miqdorda vaktsina bo‘ladi.
Ammo tibbiyot bizni bu qishda qutqaradi va shuning uchun favqulodda iqtisodiy yordamni bekor qilish xavfsiz bo‘lishi mumkin degan taxmin bu notog‘ri va navbatdagi katta xatodir.