Qozog‘istonda bugun baʼzi manbalarga ko‘ra internet foydalanuvchilari tomonidan Internetda nosozlik yuz bergani haqida xabar tarqatilgan.
Chorshanba kuni ertalab baʼzi portallar (sayt), shu jumladan chet el portallari ochilmadi.
Ijtimoiy tarmoqlar ishida ham muammolar yuzaga keldi, masalan, Twitter sahifasi vaqti-vaqti bilan ishlamay qolgan. Messenjerlar, shu jumladan, Telegram beqaror ishlagan.
Ayni paytda Internet-resurslardan foydalanish bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilgan.
Maʼlumki, sentabr oyida Qozog‘iston Internet erkinligi bo‘yicha dunyodagi mamlakatlar reytingida 50-o‘rinda turishi haqida Ranking.kz. saytida axborot tarqatilgan edi. (bu ko‘rsatkich MDHda ancha yuqoriligi bilan ajralib turadi)
Bundan avvalroq saytimizda joriy yilning noyabr oyida namoyishlar o‘tkazilishi bo‘yicha murojaatga rad javobi berilganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi. Buning oqibatidan 10 kun o‘tmasdan internet bilan bog‘liq nosozliklar kuzatilmoqda.
P.S. “Qo‘shning tinch, sen tinch” degan xalq maqoli bejiz aytilmagan. Tinchlik bo‘lsin deymiz!