Xalq qabulxonalari: natijalar qanday?

(to‘rtinchi qism) (123)

 Samarqand viloyatida tashkil etilgan sayyor qabullar doimgidek, Prezident administratsiyasi, Xalq qabulxonalari boshchiligida (!)20 ga yaqin vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan.  

Mazkur qabullar natijasi sifatida esa aholining asosiy va doimiy muammolari suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib bermaslik holatlari bo‘yicha shikoyatlar kelib tushganligi “aniqlangan”. “Hududgaztaʼminot” masʼullariga esa noyabr oyi oxirigacha viloyatdagi isteʼmolchilarni to‘liq suyultirilgan gaz bilan taʼminlash, qish vaqtida gaz uzilishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qatʼiy topshiriq berildi. (amalga oshirish sifati esa boshqa masala)

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ masʼullariga bu boradagi murojaatlarni zudlik bilan ko‘rib chiqish va hal qilish bo‘yicha “aniq muddatlar” belgilandi.

Yog‘ingarchilik mavsumi boshlangani tufayli Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi masʼullari, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2ta mahallaga va Payariq tumani baʼzi mahallarining ichki yo‘llariga tosh-shag‘al yotqizishga kirishgan bo‘lishsa, eng muhimi yog‘ingarchilik davri kelishi bilan  Payariq tumani Mustaqillik mahallasidagi uchta ko‘chaga esa asfalt yotqizish ishlarini boshlab yuborishgan. (yozda nega amalga oshirilmagan desangiz unda sayyor qabul tashkil etilmagan edi vaqti to‘g‘ri kelmas edi noyabr oyida esa asfalt yotqizish vaqti bo‘lmasada “bo‘laveradi”)

Fuqaro O.Samadovning murojaatiga ko‘ra “o‘zi yashayotgan hududning yaʼni Farhod qo‘rg‘onidagi yo‘l bo‘yi noqonuniy chiqindixonaga aylanib qolganidan shikoyat qilgan,  Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi masʼullari esa bu muammoga yechim topib qisqa vaqtda maxsus transportlar olib kelinib, yo‘l bo‘yidagi noqonuniy chiqindixona bartaraf qilinganligi bo‘yicha hisoboti berilmoqda.

Agar yo‘l bo‘yidagi chiqindilarni olinishi ham mana shu sayyor qabullarga va shuncha kazo-kazo tashkilotlarning yig‘ilishi bog‘liq bo‘lib qolgan bo‘lsa, ahvol ancha og‘irlashib qolmasidan bunday ishlarga barham berishimiz kerak.

Yaxshi xabarlar ham bor – islom maʼrifatini xalqona tilda tushuntirib bergan asarlari bilan nafaqat Markaziy Osiyoda, balki boshqa mintaqalardagi turkiy davlatlarda ham mashhur So‘fi Olloyor hazratlari yashagan uy 2021 yilda rekonstruksiya qilinib, obodonlashtiriladigan hamda uy-muzey barpo qilinadigan bo‘ldi.

Samarqand viloyatida tashkil qilingan sayyor qabullarda 2 ming 87 nafar murojaatchining 2 ming 123 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning 886 tasiga joyida yechim topildi, 230 ta murojaat egasiga tushuntirish berilgan bo‘lsa, 1 mingdan ziyod murojaat bo‘yicha aniq muddat va masʼullar belgilanib, nazoratga olingan.