Pandemiya tufayli 2021 yilda yo‘q bo‘lib ketishi mumkin bo‘lgan kasblar nomi eʼlon qilindi

Ish qidirish va ishga yollash bo‘yicha dunyodagi eng yirik saytlardan biri bo‘lgan Glassdoor tahlilchilari pandemiya davrida talab kamaygan va 2021 yilda xavf ostida qoladigan 20 ta kasb ro‘yxatini tuzib chiqishdi. Ularning aksariyati xizmat ko‘rsatish sohasidagi kasblar, ammo ular orasida tibbiyot va taʼlim sohasidagi lavozimlar mavjud.

Glassdoor Qo‘shma Shtatlarda 2019 yil oktyabr va 2020 yil oktyabr oylari oralig‘ida joylashtirilgan milliondan ziyod ochiq ish (vakansiya) eʼlonlarini tahlil qildi. Shu bilan birga, tadqiqotchilar “ommabop kasblar” ni (yiliga kamida 5 ming bo‘sh ish o‘rinlari eʼlon qilinadigan lavozimlarni) ko‘rib chiqdilar, deyiladi hisobotda.

Shunga asoslanib, tadqiqot mualliflari pandemiya paytida eng ko‘p talab kamaygan va 2021 yilda xavf ostida bo‘lgan 20 ta kasb ro‘yxatini tuzdilar. Unga ko‘ra: 20ta ish lavozimlari kiritilgan bo‘lib, bizga nomaʼlum bo‘lgan va bizning sharoitimizda baribir yo‘q bo‘lmaydigan kasblar ham bor.

Bizda juda ham ommabop bo‘lmagan kasblar:

  • Mahsulotni namoyish etuvchi,
  • Tovar elchisi (Ambassadori),
  • Hisob-kitoblarni to‘lash bo‘yicha mutaxassis,
  • Go‘zallik bo‘yicha maslahatchi,
  • Tadbirlar koordinatori,
  • Uy hayvonlarini parvarish qiluvchi,
  • Instruktor

Bizda endi ommalashayotgan kasblardan:  

  • Boshqaruvchi yordamchisi,
  • Mehmonxona ishchisi,
  • Stilist,
  • Mehmonlarni qabul qiluvchi – Qabul qiluvchi (Resepshionist),
  • Savdo menedjeri,
  • Kadrlar bo‘yicha mutaxassis,
  • Murabbiy (sport yo‘nalishida).

Hayron qolarligi tibbiyot yo‘nalishidagi kasblar ham bor:

  • Audiolog,
  • Optik,
  • Fizioterapevt.

Adashmasak, bizda yo‘qolib ham, talab ham kamaymaydigan sohalar ham tadqiqot xulosasi o‘laroq kiritilgan bular:

  • Oshpaz va Buxgalter.

“Pandemiya va global inqiroz isteʼmolchilarning ish joyidagi xatti-harakatlari va odatlarini o‘zgartirmoqda. Shuning uchun audiolog, ijrochi yordamchi va murabbiy (sport bo‘yicha) kabi baʼzi kasblarga bo‘lgan talab ko‘p yillar davomida asosiy lavozimlarga bo‘lgan talab sifatida qaytmasligi mumkin yoki umuman kasb sifatida qayt itklanmasligi mumkin», – dedi Endu Chemberlen, Glassdoorning bosh iqtisodchisi.

Prognozda boshqa omillar va 2021 yilda yuz berishi mumkin bo‘lgan kutilmagan voqealar hisobga olinmagan, deydi tahlilchilar. Ular “2021 va undan keyingi yillarda iqtisodiyot tiklanib borishi bilan mehnat bozorida katta siljishlarni” bo‘lishini kutishmoqda.

Glassdoor maʼlumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak, dunyodagi eng katta ish qidirish va yollash saytlaridan biri hisoblanadi. Platformada qidirish va ariza berish imkoniyati berilgan, Glassdoorning shtab-kvartirasi Kaliforniyaning Mill Vodiysida joylashgan.