O‘zbekiston eksportining deyarli yarmini oltin tashkil qilmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil yanvar-oktyabr oylari davomidagi tashqi savdo aylanmasi haqidagi maʼlumot berdi. Unga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston eksportining 43,5 foiz ulushini oltin tashkil qilgan.

2020 yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston importi hajmi 16,7 milliard dollarni tashkil qildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumotiga ko‘ra, jami 13,3 milliard dollarni tashkil qilgan eksport hajmining 5,8 milliard dollar qismi oltin eksportiga tegishli. 2018 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich eksportning 15,1 foizi, 2019 yilda esa 28,1 foizini tashkil qilgan.

Yanvar-oktyabr oylari bo‘yicha O‘zbekiston importining hajmi 16,7 milliard dollarni tashkil qilib, shundan 25,3 million dollar oltin importiga to‘g‘ri keladi.

Bu vaqt oralig‘idagi eksport hajmining eng katta qismini oltin egallagan bo‘lsa, importning 37,8 foiz ulushini mashinalar va transport asbob-uskunalari tashkil qilgan.