Obama Putin haqida: U ko‘cha odamlariga o‘xshaydi

Yaqinda AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama o‘z memuarlarini kitob holida chop etdi. Ushbu avtobiografik asar qisqa muddatda bestsellarga aylandi. Eʼtiborlisi, Oq uyning oldingi rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

“U ko‘cha qonunlari bo‘yicha tarbiyalanib, Chikagoni boshqargan shafqatsiz bosslarni eslatib yubordi” deb yozadi Obama Putin haqida.

Janob Barak nafaqat RF yetakchisini o‘zidan kelib chiqib tasvirlagan, balki bir nechta taqqoslash ishlarini ham “olib borgan”

“Instagramdagi o‘smir kabi u doimiy ravishda fotosessiyalar uyushtirdi, muskullar energiyasini tashuvchi erkakning deyarli kinoyali timsolini yaratdi (Putin ko‘ylak kiymasdan ot minadi), shu bilan birga, tashqi kuchlar rus qadriyatlarini buzishga urinayotganini taʼkidlab, shovinizm va gomofobiyani namoyish qildi” — deb yozadi AQSHning 44-prezidenti.

Obamaning taʼkidlashicha, Putin RFga qudrat va jozibani qaytarish uchun ko‘p ish qildi, ammo Rossiya hatto yadro quroliga ega bo‘lsa-da, amerikaliklar bilan solishtirganda, endi buyuk davlat emas.

“Rossiya iqtisodiyoti Italiya, Kanada va Braziliya iqtisodiyotiga nisbatan kichik va deyarli butunlay neft, gaz, foydali qazilmalar hamda qurollarning eksport qilinishiga bog‘liq bo‘lib qolgan”, — deya taʼkidlaydi Obama.

@platformauzb telegram kanalidan olindi