Radio tinglovchilar soni nima sababdan oshmoqda?

Pandemiyaning ikkinchi to‘lqin paytida Britaniya radiostansiyalari auditoriyasi ko‘paydi.

O‘sish darajasi bahordagi karintin davri kabi biroq, tinglovchilarning 34 foizi har kuni odatdagidan 1 soat 53 daqiqa ko‘proq radio tinglashni boshlaganlar. 2020 yil aprel oyi bilan taqqoslaganda, qo‘shimcha radio tinglash vaqti 1 soat 45 daqiqaga oshganligini ko‘rsatgan.

May oyida, Rajar tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, tijorat radiostansiyalari Angliyadagi auditoriyasi soni ko‘pligi bo‘yicha rekord o‘rnatgan, har hafta o‘rtacha 36,3 million kishi radio tinglagan.

To‘g‘ri, bunday raqamlar radiostansiyalar reklama daromadlarining ko‘payishini anglatmaydi. Ushbu daromadlarning pasayishi 2020 yil oxiriga kelib taxminan 21% ni tashkil qiladi.

Aytgancha, odamlarning karantinda radio tinglashining sabablari qiziq. 90% radio eshituvchilarning eʼtiroficha radio ularga hamsuhbatlik xissini bergan. 85% o‘zlarining kayfiyatini yaxshilash uchun radio tinglashini aytishgan bo‘lsa, 72% tinglovchilar esa radioeshittirishlar ularni yana-da xursand qilganini bildirishgan.