Qamoqxonalarda Covid-19dan o‘lganlar soni aholi orasidagidan ko‘ra uch baravar ko‘p

AQSh qamoqxonalarida 200 mingdan ortiq Covid-19kasalligi qayd etilgan

Pandemiya davrida jazoni o‘tash joylaridagi xolatni kuzatish va monitoring qilish loyihasini amalga oshirayotgan  Covid Prison Projectning maʼlumotiga ko‘ra,  24 noyabr holati bo‘yicha, AQSh qamoqxonalaridagi mahbuslar orasida Covid -19 bilan bog‘liq 207 ming 438 holat qayd etilgan, shu jumladan 1438 o‘lim. Xodimlar orasida yuqtirishning 44 598 ta holati qayd etilgan, ulardan 75 nafari vafot etgan.

“Qamoqxonalar kasallik manbai hisoblanadi”

Covid Prison Project

Covid-19pandemiyasidan oldin AQSh qamoqxonalarida taxminan 2,3 million maxbus bor edi bu ­dunyodagi mahbuslarning deyarli to‘rtdan bir qismi demakdir.

Iyun oyida nashr etilgan tadqiqotlarda mahbuslar sonini kamaytirish, ularni bir kishilik kameraga joylashtirish va asemptomatik bo‘lganlarni SARS-CoV-2 uchun tekshiruvdan (test) o‘tkazish, niqob taqish va sog‘liqni saqlash bo‘yicha boshqa standart choralardan foydalanish, yuqish xavfini kamaytirishi mumkinligini ko‘rsatganligi aytilgan edi. Ularning hisobi ko‘ra, bunday strategiyalar 12 hafta ichida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi holatlar sonini 83 foizga qisqartirishi mumkin deyilgan edi. Biroq unday bo‘lib chiqmadi.

Tabiiy xavf

Noyabr oyida yangi kasallanganlar soni haftasiga 13,600 nafardan oshdi – bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich, deya xabar berildi.

Covid-19dan o‘lganlar soni aholi orasidagidan ko‘ra qamoqxonalarda uch baravar ko‘p. SARS-CoV-2  bilan kasallanish esa besh martadan ko‘proqni tashkil etgan. Sababi esa  “havo aylanishi yomon bo‘lgan va odamlar ko‘p bo‘lgan joylarda” havodagi virus bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xavf yana-da oshishi bilan “Qamoqxona kabi joylar eng xavfli hudud”ga aylangan.

Sudyalar tomonidan virus tarqalishining oldini olish maqsadida  joriy yil davomida 100 mingga yaqin mahbusni ozod qilingan.

 Koreyscha yondashuv

O‘tgan yilning bahorida Janubiy Koreyada uchta mahbus koronavirus bilan kasallanganida, axloq tuzatish idoralari xodimlari tezkorlik bilan eʼtibor qaratishgan edi.

Janubiy Koreyada umuman boshqacha ssenariy bo‘yicha ishlar olib borildi. Sog‘liqni saqlash rasmiylari tomonidan qamoqxonalarda “cheklangan muhit” tartibi joriy etildi.

Covid-19 belgilari bo‘lgan mahbuslar tekshirildi va virusga gumon qilinganda karantinga olindi. Xuddi shunday, barcha yangi mahbuslar umumiy qamoqxona “maydoniga” kirishdan oldin 14 kun davomida karantin davrini o‘tashdi, agarda alomatlar paydo bo‘lsa ular davolandi.

Har doim niqob taqish kerakligiga eʼtibor qaratildi, guruh mashg‘ulotlari, shu jumladan darslar va maslahatlar cheklandi. Shaxsiy tashriflar ham cheklangan edi, chunki qamoqxona maʼmurlari mahbuslar uchun virtual uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatini kengaytirdilar. Janubiy Koreyada shisha bo‘linmalar mahbuslarni va ularning mehmonlarini ajratib turadi, ular mikrofon yordamida gaplashishlari kerak, bu oddiy ammo samarali usul, kasallikni tarqalishini kamaytirishga yordam bergan.

P.S. Qiziq bizdagi qamoqxonalardagi ahvol qanday ekan? Bizda necha nafar maxbuslar kasallikka chalingan? Necha nafari tuzaldi? Necha нафари…. savollar ko‘p.