O‘zbekiston va Tojikiston byudjet mablag‘lari bo‘yicha baʼzi maʼlumotlar

Tojikistonning 2021 yilgi Davlat byudjetidagi umumiy defitsitning maksimal hajmi respublika YAIMning 0,5% miqdorida belgilandi. Bu 463 million somoniyga to‘g‘ri keladi (41 million dollardan ortiq).

Hukumat kelgusi yilda mamlakat byudjet kamomadini qoplash manbalarini quyidagicha aniqladi:

– ichki va tashqi kreditlar, shuningdek xalqaro moliya institutlarining grantlari – 253 million somoniy;

– xazina veksellarini sotish – 100 million somoniy;

Tojikistonda byudjet ishchilari taxminan 320 million dollar yo‘qotishdi.

– davlat aksiyalarining dividendlari – 31 million somoniy;

– tovarlarni, ishlarni va xizmatlarni davlat xaridlari uchun o‘tkaziladigan tenderlardan tejash – 30 million somoniy;

– respublika mulkini xususiylashtirish va ijaraga berishdan olingan daromad – 24 million somoniy;

– mahalliy byudjetning daromadlar rejasini ortiqcha bajarish – 15,1 million somonidan ortiq;

– respublika byudjetining bo‘sh mablag‘lari – 10 million somoniy.

Kelgusi yilda byudjetning daromad qismi 27,6 milliard somoniy miqdorida belgilandi, bu joriy byudjetdan 1,6 milliard somoniyga ko‘pdir.

Kelgusi yil uchun byudjet xarajatlari 28,1 milliard somoniy miqdorida taʼminlangan. Bu joriy yilgi byudjetdan 1,7 milliard somoniyga ko‘pdir.

O‘zbekiston Hisob palatasi tomonidan “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi va 2021 yil uchun Byudjetnoma bo‘yicha xulosasi tayyorlangan edi.

Unga ko‘ra, Hisob palatasi respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning jami xarajatlari prognozi 164 679,8 mlrd so‘mni tashkil etgani holda, davlat byudjeti xarajatlari asossiz ravishda 898,4 mlrd so‘mga oshirilgan holda ko‘rsatilganligini aniqlagan.

Xulosada qayd etilishicha, 2021 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari jami 147 002 mlrd so‘mni (YAIMga nisbatan 21,3%) miqdorida prognoz qilinmoqda.

2021 yil uchun davlat byudjeti daromadlarini prognozi sezilarli taʼsir ko‘rsatuvchi narx va valyuta kurslarning o‘rtacha miqdorlari asosida hisob-kitob qilingan. Jumladan, prognozlarda valyuta kursi (1 AQSh dollarining o‘rtacha yillik summasi — 11 000 so‘m), strategik mahsulotlarning narxlari (1 unsiya oltin narxi — 1 750 AQSh dollari, kumushning narxi — 15 AQSh dollar, misning 1 tonnasiga 6 000 AQSh dollari, tabiiy gazning narxi — 75 AQSh dollar) o‘zgarishi inobatga olingan.

Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida hukumat 2021 yilda inflyatsiyani 9—10% atrofida bo‘lishini prognoz qilmoqda.

Moliya vazirligining maʼlum qilishicha, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi xarajatlari 10 trln.so‘mdan 13,4 trln.so‘mgacha oshirildi.

Jamg‘armaning oshirilgan 3,4 trln.so‘mlik xarajatlarini 1,7 trln. so‘mi Davlat byudjeti xarajatlarining maqbullashtirilgan mablag‘lari hisobidan, qolgan 1,7 trln.so‘mi xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari hisobidan qoplanadi.