Turkmaniston COVID-19ga qarshi yana bir “ixtironi” eʼlon qildi

Bu safar Turkmaniston ommaviy axborot vositalari kartoshkadan antiseptik ixtiro qilganligini eʼlon qildi.

Turkmaniston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti olimlari kartoshkadan sintez qilingan yod asosidagi antiseptik ixtiro qildilar. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tadqiqotlar “Markaziy Osiyodagi yagona ko‘chma ekologik laboratoriya”da o‘tkazilgan. Natijada kartoshkadan “xossalari jihatidan polivinil spirtdan kam bo‘lmagan yuqori molekulyar birikma” olish mumkin bo‘lgan. Aynan import qilinayotgan polivinil spirtini, ular “yodomal” nomi ostida patentlangan yangi dori bilan almashtirishni rejalashtirmoqdalar.

Davlat axborot agentligi yangi dori “butun dunyoda keng qo‘llaniladigan antiseptik yodanol bilan bir xil xususiyatlarga ega” ekanligini yashirmayaptilar. Yodolda kaliy yodididan tashqari bir xil polivinil spirt mavjud deyilmoqda.

P.S. nima ham deyish mumkin!? vaqtingiz bo‘lganda mazkur havolada karantin davrida birorta ham COVID-19 virusi bilan rasmiy tarzda kasallik eʼlon qilinmagan Turkmanistonda virusga qarshi kashf etilgan ixtirolar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.