Tojikiston bergan maʼlumotni nega O‘zbekiston bermadi?

Bugun OITSga qarshi kurash kuni edi (1-dekabr)

Keyingi yillarda OITS va uning muammolari eʼtibordan chetda qolayotgandek. Bilmadim, balki adashayotgandirman.

Masalan, Karimov davridan keyin OITSga chalinganlar statistikasi eʼlon qilinmay qo‘ydi. Vaholanki butun boshli tumanlar va qishloqlar bor – OITS epidemiyaga aylangan.

Kuzatadiganim shuki, OITS profilaktikasi, himoya vositalari targ‘iboti, sog‘lom aqlga murojaatlar o‘rnini maʼnaviyat uchun kurash egallab borayotgandek.

Oxirgi o‘lim statistikasi 2017 yilga taaluqli, shu yilning o‘zida O‘zbekistonda SPIDdan 1900 dan ortiq odam vafot etgan. Keyingi 3 yilda statistika yo‘q, balki bordir, lekin ochiq eʼlon qilingani yo‘q. OITSdan o‘lim soni masalan, koronavirusdan rasmiy o‘lim sonidan karrasiga yuqori ekaniyoq vaziyat dahshatini his qilishga undashi kerak.

Bilamizki, OIV bilan kasallangan odamlarning aksariyati jamiyat, oila, do‘stlar va hamkasblar ko‘magiga muhtoj. Bu odamlar psixologik yordamga muhtoj va bu ular uchun juda muhimdir. Hamma ham o‘z kasalliklarini darhol qabul qila olmaydi. Va qo‘llab-quvvatlash bo‘lmaganda, ko‘pchilik tushkinlikka tushib qolishadi va davolanishni xohlamaydi. Ammo ular OIV infeksiyasi bilan uzoq vaqt davomida normal hayot kechirish mumkinligini bilishlari kerak.

Tojikistonda qancha odamda OIV / OITS bor va ularga qanday yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha bugun barcha rasmiy maʼlumotlar berildi.

2020 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra Tojikiston Respublikasida 12 ming 876 OITS bilan kasallangan bemor ro‘yxatga olingan. OITSning oldini olish va unga qarshi kurashish Respublika markazi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 1991 yildan buyon 2020 yil 1 oktyabrgacha 12 ming 876 bemor markazda ro‘yxatga olingan.

«Ushbu raqamdan 3547 kishi vafot etdi. Ularning aksariyati erkaklar – 8228, ayollar – 4648. Qolgan 1070 nafari esa 18 yoshga to‘lmagan bolalardir “

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, pandemiya paytida OIV / OITS bilan kasallangan 22 bemor koronavirus bilan kasallangan, ulardan biri vafot etgan.

Xattoki, OIV bilan kasallanganlar soni bo‘yicha maʼlumotlar mamlakat mintaqalari kesimida keltirilgan.

Maʼlumki, bunday bemorlarni davolash umrbod davom etadi va barcha dorilar va davolanish bemorlar uchun bepul xisoblanadi.

JSST tomonidan tavsiya etilgan so‘nggi tizimga ko‘ra ularga Tojikistonda Dolutegravir, Efavirenz, Nevirapin preparatlari – bolalar uchun dori beriladi.