O‘zbekistonda OIV va OITSga chalinganlar bo‘yicha maʼlumot berildi

2020 yilning 1 noyabr holatiga O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashovchilar soni 43 ming 581 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Respublika OITSga qarshi kurash markazi tomonidan axborot berildi.

O‘tgan yili 1 noyabr holatiga ko‘ra OIV bilan kasallanganlar soni 42 ming 98 nafar kishini tashkil etgan edi va bu ko‘rsatkich 1483 kishiga ko‘payganini anglatadi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 78 ta OIV diagnostika laboratoriyalari faoliyat olib bormoqda. Ulardan 15 tasi OITSga qarshi kurash markazlaridagi laboratoriya komplekslari va 63 ta tumanlararo laoboratoriyalar hisoblanadi.

Laboratoriyalarni test-sistema va reagentlar bilan taʼminlash uchun har yili 8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi, deyiladi xabarda.