Gaz va svet muammosi zamonida Xitoy kosmik kemasi oyning tuproq va toshlarini yerga olib keladi

Xitoy oy toshlari va tuproqni yig‘ish uchun Chang’e -5  kosmik kemasini Oyga uchirdi.

Endi missiya dekabr oyining o‘rtalariga qadar Yerga qaytish uchun namunalar yig‘adi.

Seshanba kuni Chang’e -5  kosmik kemasi Oyga qo‘ndi, u yerda ikki kun davomida Oy yuzasidan toshlar va tuproq yig‘ish kerak bo‘ladi. Bu 2013 yildan buyon Xitoy tomonidan uchinchi marta ekipajsiz oyga qo‘nish xisoblanadi. 2019 yilda Chang’e -4 Oyning orqa tomoniga qo‘ngan yagona va birinchi kosmik kemaga aylangan edi.

Xitoyning rasmiy axborot agentligi “Sinxua” robotli kosmik kemasi Oyga qo‘nganligi haqida xabar berdi. 1976 yilidan beri Oy namunalari yerga olib kelinmagan edi. Navbatdagi uchiriligan kosmik kema uchun belgilangan vazifa bu – Yerga ikki kun davomida Oy sathidan toshlar va tuproqlarni yig‘ib qaytishdir.

Xitoyning 2030 yillarda astronavtlar uchun oy bazasini barpo etishdan oldin, Chang’e kosmik kemasida yana o‘n marotaba Oyga borish rejalashtirilgan.

Long March 5 raketasi zond bilan seshanba kuni erta tongda Xitoyning janubidagi Xaynan orolidan uchirildi. Bu Xitoyning odatda maxfiy kosmik dasturi uchun g‘ayrioddiy qadam: havoga ko‘tarilish va orbitaga uchish davlat televideniyesi tomonidan jonli efirda namoyish etildi va raketaga o‘rnatilgan kameralar tomonidan olingan tasvirlar. Jonli efirda namoyish etilishicha, Kommunistik partiya mamlakatning kosmik dasturiga tobora ko‘proq ishonayotganidan dalolatdir.

Agar Oydagi operatsiyalar va Yerga qaytish muvaffaqiyatli bo‘lsa, Xitoy bu yerga Oy namunalarini olib kelgan uchinchi mamlakat bo‘ladi. Bundan avvalgi namunalar yuqorida aytib o‘tganimizdek, NASA astronavtlari Apollonda 1976 yili oyga qo‘nish paytida qo‘lga kiritgan va yerga olib qaytilgan edi. Ushbu namunalar Quyosh tizimi evolyutsiyasini tushunishga katta hissa qo‘shgan edi.

Chang’e -5  kosmik kemasidan olingan sur`at

 Kosmik apparat Oyning nisbatan “yoshroq” Landshaft qismiga 1,2 milliard yil deb taxmin qilinayotgan vulqon tekisligiga qo‘ngan.

Namunalar dekabr oyining o‘rtalarida yetib kelishi kutilmoqda.