O‘zbekistonda 2021 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

“2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6122-son, 03.12.2020 y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2021 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2021 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:

➖ 2 sentyabr – payshanba;

➖ 3 sentyabr – juma.

Shuningdek, 2021 yil 2 yanvar – shanba, 20 mart – shanba, 22 mart – dushanba va 4 sentyabr – shanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qatʼi nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.