“Sputnik V” vaksinasi O’zbekistonga olib kelindi

Rossiyaning COVID-19 “Sputnik V” ga qarshi vaksinasi O’zbekistonga etkazib berildi. Mazkur namunalar ksinani mamlakatda ro’yxatdan o’tikazish va sanoat darajasida ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun zarur bo’lgan sinovlar uchun taqdim etilgan.

Namunalarini Toshkentga Rossiyaning sanoat va savdo vaziri Denis Manturov olib keldi, deb xabar bermoqda Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

“Namunalar O’zbekiston hududida vaktsinani ro’yxatdan o’tkazish va sanoat ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun zarur bo’lgan sinovlar uchun O’zbekiston tomoniga o’tkazildi”, deyiladi xabarda.

O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi sentyabr oyida Rossiyaning to’g’ridan-to’g’ri investitsiya jamg’armasiga (RTIJ) Sputnik V vaktsinasini 5 ming dozani ajratish to’g’risida murojaat qilgan. RTIJ ning o’zi “Laxisam” farmatsevtika kompaniyasi bilan O’zbekistonga 35 million doza “Sputnik V” vaksinasini etkazib berish to’g’risida kelishuvga erishganligini ma’lum qilgandi.

“Sputnik V” – N.F.Gamaleya markazi va Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “COVID-19” ga qarshi ikki vektorli vaksina . Preparatni ishlab chiquvchilar vaksina samaradorligini 95% ga baholashgan. Rossiya sanoat va savdo vazirligining xabariga ko’ra, yaqin kelajakda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaktsinasining umumiy hajmi 2 million dozaga etadi.